XO’ROZ HAQIDA HAQIQATLAR
1. Xo’roz qanday va nima uchun qichqiradi?
Xo’roz o’zidan turli tovushlar chiqara oladi. Masalan, u makiyonlarni don yeyishga chaqirganda, tovushlar uzluksiz, takroriy bo’ladi. Ertalab esa qichqiriq to’xtalishlar bilan amalga oshiriladi. Agar xo’roz bo’ynini oldinga cho’za bilmasa, u qichqira olmaydi. Odam xo’roz qichqirig’ini 2 kilometr uzoqlikdan bemalol eshita oladi.
2. Tun kabi qora xo’roz va tovuqlar.
Indoneziyada xo’roz va tovuqlarning «Ayam Chemani» degan zoti bor. Ularning rangi tundek qora bo’ladi. Ichki a’zolari ham suyaklarigacha qora rangli. Qoni ham boshqa zotdagilarga nisbatan to’qroq.
3. Xo’roz boshsiz ham yashay oladi.
Bunga yaqqol misol bor. Ma’lumotlarga ko’ra, 1945 yili «Mayk» laqabli xo’roz boshidan ayrilgan. Lekin boshsiz holda 18 oy yashay olgan. Fermer xo’rozi o’lmay qolganini payqagandayoq darrov parvarish qilishga kirishdi. Kunlarning birida o’lim topdi. Shunda ham fermer negadir unga ovqat berishni unutgani sababli olamdan o’tdi.
4. Xo’roz va makiyonlar muloqot qila oladi.
Siz-u biz xo’roz va tovuqlarning «qaq-qaq» ini eshitamiz. Aslida bu ularning tili. Shu tilda xo’roz va tovuqlar muloqotga kirishadi. Olimlar tadqiqotlar davomida ular muloqot uchun taratadigan tovushlarning 30 tasini aniqlashgan. Tovuq tuxum tug’ishdan oldin ham qag’-qag’lash orqali bizni emas, xo’rozni ogohlantiradi. Nikoh mavsumi oldidan, biror xavf tug’ilsa ham ular bir-birlarini insoniyatga tushunarsiz tovushlar orqali chaqirishadi.
5. Xo’roz va tovuqda ham his-tuyg’u bor.
Angliyalik ornitolog Jo Edgar izlanishlar jarayonida makiyonlar empatiya (boshqalar haqida qayg’urish) jarayonini boshidan kechirishini aniqladi. Ular oilasidan uzoqda qolsa ham zerikish hissini o’zidan o’tkazadi.
6. Xo’roz makiyonni o’ziga qanday jalb etadi?
Avlodni davom ettirish imkoniyati asosan yirik va chayir xo’rozlarda bo’ladi. Makiyonlar ularning oilasini ovqat bilan to’liq ta’minlab qo’ya olishiga ishonadi. Shu sababli makiyonlarning aksariyati xuddi shunday xo’rozlarga taqdirini ishonib topshiradi.
7. Xo’roz va tovuqlarda ham intellekt taraqqiy etgan.
Ular o’ziga yaxshilik yoki aksincha yomonlik qilganlarni juda yaxshi eslab qoladi. Xo’roz 100 tagacha makiyonning tashqi qiyofasini esda saqlab qolish imkoniga ega. Bundan tashqari, arifmetik hisob-kitoblarni ham qoyillatishadi. Ayrim geometrik figuralarni yodda saqlab qolishadi.
8. Xo’roz va tovuqlar dinozavrlar avlodi ekan.
9. Tovuqlar soni sayyoramizda yashaydigan odamlardan ikki hissa ko’proq.
Olimjon HAYIT tayyorladi