Please log in or register to like posts.
News

Ommaga mashhur bo’lgan odam to’satdan vafot etganida, uning o’limi haqidagi shov-shuv va mish-mishlardan qochib bo’lmaydi. Ba’zi muxlislar o’zlarining qahramonlari yo’qolganiga ishonishdan bosh tortishadi va o’lim sabablarini ko’rib chiqishga oshiqadilar.

Boshqalar esa fitna nazariyalarini ilgari surishadi va hamma narsada davlat yoki mahsus xizmatlarni ayblashadi. Yana birlari esa qarindoshlari yoki yaqin do’stlaridan shubha qiladilar. Ishonish mumkin bo’lgan yagona narsa – rasmiy tekshiruv natijalari. Ammo bu tekshiruvlarda nomuvofiqliklar bo’lsa, shubha va taxminlar yana ko’payadi. Quyida ana shunday voqealardan ba’zilari haqida bayon qilamiz.

Maykl Jekson

Rasmiy versiyaga ko’ra, 2009 yil 25 iyunda Maykl Jeksonning shaxsiy shifokori Konrad Myurrey bemorga propofol, kuchli uyqu dorisini in’yeksiya orqali yuborgan. Bir necha soatdan keyin qaytib kelganida, Maykl nafas olmayotgan edi. Reanimatsiya choralari hech qanday naf bermadi. Natijada, qo’shiqchining propofol va boshqa kuchli ta’sir ko’rsatuvchi dorilar miqdorining haddan tashqari ko’payib ketishidan vafot etgani aniqlandi.

Mashhur insonlarning sirli o'limlari: Maykl Jeksondan tortib Malika Dianagacha

Ammo yana bir taxmin bor. Unga ko’ra pop qiroli qarzlarni to’lamaslik uchun o’z o’limini uyushtirgan bo’lishi mumkin. Jeksonning o’limi bilan bog’liq tekshiruv jarayonida uning moliyaviy ahvoli anchagina yomonligi ma’lum bo’lgan. Xonandaning 500 ming dollardan ko’proq qarzi bor edi va bu miqdorni yig’ish uchun Londonda 10 ta konsert berish niyati borligini bildirdi. Bu Mayklning 12 yillik uzoq tanaffusdan keyin qo’yiladiga birinchi konserti bo’lishi kerak edi, shuning uchun shou chiptalari chaqmoq tezligida sotila boshlandi.

Muxlislarning talabi tufayli konsert tashkilotchilari dasturni 50 ta konsertgacha kengaytirishga qaror qildilar. Ammo kasal va kuchsiz sa’natkor bunday mashaqqatli jadvalga dosh berolmasdi. Shuning uchun u qo’lidan kelganini qildi… Ba’zi dalillar mana shunday taxmin paydo bo’lishiga zamin yaratdi: qo’shiqchining dafn marosimidagi qarindoshlari juda quvnoq edi, Maykl Jeksonning o’limini tasdiqlovchi birorta fotosurat hali ham yo’q, tibbiy ma’lumotnomada «O’lim sababi» ustuni to’ldirilmagan. Ko’pchilik odamlarning «vafotidan keyin Maykl Jeksonni ko’rganlari» haqidagi mish-mishlarni esa aytmasa ham bo’ladi.

Elvis Presli

1977 yil 16 avgust kuni 42 yoshli Elvis Preslining jasadi qallig’i Presli Ginger Alden tomonidan Graceland saroyining hammomida topilgan. Xabarlarga ko’ra, rok-n-roll qiroli og’riq qoldiruvchi va tinchlantiruvchi vositalari miqdorining haddan tashqari ko’payib ketishi tufayli yurak xurujidan vafot etgan.

Mashhur insonlarning sirli o'limlari: Maykl Jeksondan tortib Malika Dianagacha

Presli o’limining qalbakiligi haqidagi shubhalar qaerdan paydo bo’ldi? Gap shundaki, Presli vafotidan ko’p o’tmay, uning muxlislaridan biri Memfis aeroportida undan dastxat olgan va ekspertiza namunaning haqiqiyligini tasdiqlagan. Bundan tashqari, tergovning maxfiy tarzda olib borilishi skeptiklarni yanada vahimaga tushirdi. Va yana shuningdek, internet bo’ylab yurgan qo’shiqchi jasadining fotosurati ham qalbaki bo’lishi mumkin ekan.

Preslining muxlislari uning o’limini haddan tashqari shov-shuv, matbuot bilan muloqot va intervyularsiz «osudalikka ketish» uchun uyushtirilgan deb hisoblaydilar. Aytishlaricha, qo’shiqchi umrining qolgan qismini biron bir iliq mamlakatda o’tkazishga qaror qilgan. Buning uchun uning yetarli mablag’i ham bor edi.

Usama ben Laden

Usama ben Laden – dunyodagi eng taniqli va eng xavfli terrorchilardan biridir. 2001 yil 11 sentabr kuni AQShda yuz bergan portlashlar aynan mana shu terrorchi boshchiligi ostida amalga oshirilgani aytiladi. Ushbu xunrezlik natijasida deyarli 3000 kishi halok bo’lgan.

Mashhur insonlarning sirli o'limlari: Maykl Jeksondan tortib Malika Dianagacha

2011 yil 2 mayda Usama ben Laden o’ldirildi. Al-Qoida rahbarining boshiga o’q uzildi. Uni Amerikaning SEAL (mashhur «dengiz mushiklari») maxsus bo’linmasining jangchisi amalga oshirdi. Ushbu operatsiya Abbotobodning chekkasidagi terroristlarning yashirin bazasida sodir bo’ldi. Terrorchi jasadining fotosuratlari ekspertizasi hamda DNK tahlili o’ldirilgan aynan Usama ben Laden ekanligini tasdiqladi.

Biroq, o’sha kuni «Tehrik-i Tolibon Pokiston» terroristik guruhi vakillari amerikaliklarni «o’zlarining obro’sini oshirish» uchun banditlar rahbarini o’ldirishganligi haqida uydirmani o’ylab topishganlikda ayblashdi. Keyinchalik ular ben Ladenning o’limini tan olishgan bo’lsa ham, bu borada shubha oxirigacha so’nmadi.

Va buning sabablari bor, chunki terrorchining jasadi Arab dengizidagi maxfiy joyga pinxona ko’milgan (keyinchalik uning qabri maqbara bo’lib qolmasligi uchun) hamda jasadining fotosuratlari matbuotga taqdim qilinmagan (go’yo odamlar ruhiyatiga zarar bermaslik uchun, chunki terrorchiga uzilgan o’q uning boshining yarmini uchirib yuborgan edi). Bundan tashqari, 2001 yildan 2011 yilgacha ben Ladenning o’limi haqidagi xabarlar doimo matbuotda paydo bo’lib turardi … So’nggi ma’lumot shunchaki qalbaki emasligiga kafolat qaerda?

Malika Diana

1997 yil 31 avgustga o’tar kechasi malika Diana va uning qallig’i Dodi Al-Faed avtohalokatda vafot etdilar. Rasmiy versiyaga ko’ra, o’sha paytda  Mersedes Benz S280 avtomobilini haydab ketayotgan Genri Pol boshqaruvni yo’qotib qo’ygan, chunki u tezlikni oshirib, paparatsilarning mashinasidan yashirinmoqchi bo’lgan. Keyinchalik, ular haydovchi mast bo’lgan, degan taxminni ham ilgari surganlar, ammo bu versiya tasdiqlanmadi.

Mashhur insonlarning sirli o'limlari: Maykl Jeksondan tortib Malika Dianagacha

Biroq, vaqt o’tishi bilan malika o’limi haqida boshqa noma’lum dalillar paydo bo’la boshladi. Masalan, Diananing ketishi kerak bo’lgan mashina deyarli so’nggi daqiqalarda almashtirilganligi ma’lum bo’ldi. Genri Pol odatda ular yuradigan yo’l qolib, boshqa yo’nalish bo’yicha harakatlana boshladi. Eng qizig’i shundaki, bu yo’ldagi deyarli barcha kuzatuv kameralari nosoz bo’lib chiqdi.

Ammo Ledi Di muxlislari qalbida shubhalarni uyg’otgan asosiy narsa bu emasdi. Gap shundaki, o’limidan sal oldin, malika saroy xodimi Pol Barrellga yozgan xatida, «sobiq eri uni o’ldirishga harakat qilmoqchi» ekanligi haqida xabar bergan. Diananing fikricha, bu bilan Charlz yordamchisi Tiggiga tezroq uylanishiga yo’l ochilishi va shu bilan birga muvaffaqiyatsiz nikohi hamda Dodi al-Faed bilan bo’lgan munosabatlari uchun qasos olishiga ishongan.

Ushbu xatning haqiqiyligi shubha ostida bo’lishiga qaramay, Diananing muxlislari ushbu fojiali avtohalokatni qirol oilasi uyushtirgan, deb hisoblaydilar.

Jim Morrison

The Doors guruhining yetakchisi hamda vokalisti Jim Morrison 1971 yil 3 iyulda Parijda 27 yoshida vafot etdi. Rasmiy versiyaga ko’ra, qo’shiqchi qabul qilgan giyohvand moddalarning miqdori haddan tashqari ko’payib ketishi natijasida yurak xuruji sodir bo’lgan. Biroq, Fransiya qonunlariga binoan jasadni yorish ishlari o’tkazilmaganligi sababli Morrisonning o’limi bilan bog’liq ko’plab taxminlar kelib chiqdi.

Mashhur insonlarning sirli o'limlari: Maykl Jeksondan tortib Malika Dianagacha

Eng keng tarqalgan taxminlar bo’yicha, Morrisonning o’limi o’z joniga qasd qilish oqibatida sodir bo’lgan yoki norasmiy harakat vakillari qarshi faol kurashib kelayotgan FQB (Federal Qidiruv Byurosi) tomonidan o’ldirilgan bo’lib, o’z joniga qasd qilgan, deb ko’rsatilgan.

Biroq, 2014 yilda Britaniyalik rok xonandasi Marianna Feytfull Morrisonning o’ldirilganligiga qattiq ishongan. Qizning so’zlariga ko’ra, uning sobiq do’sti va giyohvand moddalar sotuvchisi Jan de Bretey qo’shiqchiga «juda kuchli geroin» ni taklif qilgan, undan foydalanish esa fojiali oqibatlarga olib kelgan.

Reactions

0
0
0
0
0
0
Already reacted for this post.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *