XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

PISTA HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Pista hosili avgust oyida yig’iladi. Ularni saqlash muddati bir yil. Agar bahorda pista sotib olib iste’mol qilinsa, organizmga salbiy ta’sir o’tkazib qo’yishi mumkin. Chunki muddati o’tgan pista sho’r bo’ladi. Uni sotish payida bo’lganlar saqlanish muddatini uzaytirish uchun pistaga tuz qo’shishadi.

2. Dunyoda pista yetishtirish va sotish bo’yicha Eron hamda Amerika yetakchi hisoblanadi.

3. Bir dona pistaning vazni o’rtacha 1, 5 grammga teng. Agar po’stlog’i olib tashlansa, vazni bir grammgacha kamayadi.

4. Pistani tunda terishadi. Chunki kunduzi pista o’zidan efir moyi ishlab chiqaradi. Moy hosil yig’uvchilarni zaharlashi mumkin.

5. Har yili 26 fevralda butunjahon pista kuni bayram qilinadi. Ispaniya va Turkiyada esa pistaga yodgorlik o’rnatilgan.

6. Pista daraxti u qadar ulkan emas. Ammo ildizi 15 metr chuqurlikkacha cho’zilib ketgan.

7. Pistaning qizili bo’lmaydi. Sotuvchilar xaridorgirligi, jozibasini oshirish uchun unga sun’iy ravishda qizil, ayrim hollarda yashil rang qo’shishadi.

8. Pistaning juda kam miqdordagisi ham odamni ochlik azobidan qisqa fursatda xalos eta oladi.

9. Pista tarkibida yong’oqlardagiga nisbatan kaliy ko’pchilikni tashkil etadi. Bu organizm stress gormoni — kortizol ishlab chiqarishini sezilarli tarzda sekinlashtiradi.

10. Pista tarkibida fitosterol moddasi bor. U qondagi xolesterin miqdorini, saraton shishlari paydo bo’lish xavfini kamaytiradi.

11. Tarkibidagi temir moddalari miqdori bo’yicha pista mol jigarini ham quvib o’tgan. 100 gramm pista tarkibida temir moddasining uch kecha-kunduzga yetadigan miqdori mavjud.

12. Qadimda eronliklar pistani milliy valyuta sifatida ishlatishgan.

13. Pista daraxti hosil bera boshlashi uchun kamida 10 — 12 yil vaqt kerak bo’ladi. Bu daraxt esa o’rtacha 400 yil umr ko’radi.

14. Agar pista yopiq holatda bo’lsa, bu uning hali pishib yetilmaganidan darak beradi.

15. Nobel mukofoti sovrindorlari mukofotning suyunchisi sifatida tashkilotchilardan pista va shampan sharobi olishadi.

16. Pista eron tilidan tarjima qilinganda, «kulayotgan yong’oq» ma’nosini beradi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…