Kosmosda unutib qoldirilgan odam

Bu inson bilan sodir bo’lgan qiziqarli voqeani hali yana ko’p bora eslashsa kerak…

Sergey Krikalev nafaqat kosmosda unutib qoldirilgan odam, balki sobiq ittifoqning eng so’nggi fuqarosi hamdir. Gap shundaki, sobiq Ittifoq Sergeyning kosmosdaligi vaqtida parchalanadi. Bu ham yetmagandek, unga yerga qaytishga ruxsat berishmaydi. “Sen yashagan va seni kosmosga jo’natgan davlat endi yo’q”, deyishadi. Shu boisdan ham Sergey o’zi xohlamagan holda kosmosda eng ko’p vaqt bo’lgan inson sifatida rekord o’rnatadi.

Hammasi o’z joyiga tushgunicha esa Sergey bo’lgan “MIR” stansiyasi Yer atrofida aylanib yuradi. Stansiya uning yagona makoniga aylanadi. Keyinchalik unga “Seni ortga qaytarish uchun pul yo’q”, deya xabar berishadi va hammasi o’z iziga tushgunicha stansiya ichida qolishni aytishadi.

Sergey Krikalev Yerga 1992 yilning 25 martida qaytishga muvaffaq bo’ladi. Bunga esa Germaniyaning uning o’rniga o’z bort injenerini kirgizish uchun to’lagan 24 million dollar mablag’i sabab bo’ladi.

Manbalarda qayd etilishicha, stansiya yerga qo’nganidan so’ng kapsuladan skafanderiga “SSSR” deb yozilgan, qo’lida sobiq ittifoq so’zi tushirilgan kichik qog’oz ushlagan, yuzi kir, yaxshi ovqatlanmagani uchun oqarib ketgan Sergey chiqqan va to’rt insonning yordami bilangina yerda yura olgan.

Ushbu voqeadan ikki oy o’tib, Sergey Krikalev “Rossiya qahramoni” unvoniga sazovor bo’lgan.