* * *
Erkak katta ko’chada ulkan bochkani yumalatib ketayotgandi. Do’sti ko’rib qolib so’radi:
— Bochkani nima qilasan?
— Tijorat qilmoqchiman.
— Qanaqa tijorat?
— Bugun do’xtirlarga analiz topshirgandim. Ishonasanmi, qonimda katta miqdorda qand moddasi bor emish.
* * *
120 yoshga kirgan qariyadan jurnalist so’radi:
— Ayting-chi, parhez qilganmisiz?
— Yo’q, duch kelgan ovqatni yeb ketaverganman.
— Unda qandaydir rejimga amal qilgandirsiz?
— Yo’q, tuni bilan uxlamasdan chiqishim ham mumkin edi.
— Unda shuncha yil umr ko’rishingizning siri nimada?
— Mening asablarim mustahkam. Umrimda hech kim bilan bahslashmaganman.
— Bo’lishi mumkinmas.
— Juda to’g’ri aytdingiz. Bo’lishi mumkinmas.
* * *
Poezd kupesiga to’rt bolasi bilan birga ayol kirib o’tirdi. Bolalar to’polon qilishni boshlab yuborishdi. Jahli chiqqan yo’lovchilardan biri ayolga dedi:
— Biror yerga ketayotgan ayol bolalarining hech bo’lmasa yarmisini uyda qoldirib ketishi kerak.
— Men ham xuddi siz aytganday qilganman.
* * *
Olisga qatnaydigan yuk mashinasi haydouvchisi yo’l-yo’lakay bir qahvaxonaga kirib tovuq go’shti sotib oldi. Ammo qo’l yuvish uchun chiqqanda, qo’shni stolda o’tirgan uch bezori tovuq go’shtini yeb qo’ydi. Haydovchi hech narsa bo’lmagandek, go’shtning pulini to’ladi-da, chiqib ketdi. Birozdan so’ng bezorilardan biri sotuvchiga dedi:
— Bu yigit juda qo’rqoqqa o’xshaydi. O’zini himoya qila olmasligi aniq. Ko’rinib turibdi.
Sotuvchi:
— Ha, mashina haydashniyam bilmas ekan. Hozirgina yo’l chetida turgan uchta mototsiklni majaqlab o’tib ketdi.
* * *
Ikki daydi it bolonkani kuzatarkan, biri ikkinchisiga dedi:
— Juda chiroyli ekan!
— E, nimasi chiroyli? Uni suvdan chiqqanda ko’rsayding! Qomat emas, cho’p deysan!
* * *
Bir homilador ayolga ko’proq muzqaymoq yeyishni maslahat berishgandi. Rentgenga tushayotganda vrach qarasa, ona qornida egizak aka-ukalar jismoniy tarbiya bilan shug’ullanayotganmish va biri ikkinchisiga dermish:
— Hechqisi yo’q, uka, bir amallab qishdan chiqib olarmiz!
* * *
Bir xorijlik erkak qahvaxonaga kirsa, qog’ozga yozib qo’yishibdi:
1. Qo’y go’shtidan kabob.
2. Qo’y go’shtidan o’zbekcha kabob.
Erkak oshpazdan so’radi:
— Qo’y go’shtidan o’zbekcha kabob deganini qanday tushunsa bo’ladi?
— Bu kabob do’ppiga solib pishiriladi.
* * *
Qop-qora tunda, qop-qorong’i xonada yotsam, xotinim qop-qora ko’ylak va qop-qora shippakda oldimga kirib kelib baqira ketdi:
— Umrimning eng yorug’ lahzalarini qaytarib bering!
* * *
Qizil Shapkacha o’rmonda ketayotgandi. Oldidan bo’ri chiqib qoldi.
— Voy, buncha ko’zlaring katta, bo’rivoy? — dedi Qizil Shapkacha.
Bo’ri shu zahoti qochib qoldi. Qizil Shapkacha yo’lida davom etdi. Bir mahal qarasa, bo’ri daraxt panasida berkinib turibdi.
— Voy, buncha quloqlaring chiroyli, bo’rivoy? — dedi Qizil shapkacha.
Bo’ri yana tiraqaylab qochdi. Qizil Shapkacha yo’lida davom etdi. Ancha yo’l bosib mundoq o’girilsa, bo’ri oq qayin ortida yashirinib turibdi.
— Voy, buncha tishlaring chiroyli, bo’rivoy? — dedi Qizil Shapkacha. Shunda bo’ri uv tortib yubordi.
— Sening dastingdan hojatga chiqib kela olamanmi-yo’qmi-a?
* * *
Agar kimdir seni «Jinni» deb haqorat qilsa, darrov xafa bo’lma! Oldin yaxshilab o’ylab ko’r. Balki u o’zini tanishtirgandir.