XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

NAPOLEON HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. “Napoleon” konyagi hamda “Napoleon” torti buyuk imperatorning sharafiga shunday nomlangan.

2. Matematikada Napoleon teoremasi bor.

3. Aytishlaricha, Napoleon qo’rquv neligini bilmagan ekan. Ammo baribir mushukdan bir umr qo’rqib o’tgan.

4. Napoleonning rafiqasi Jozefina o’zidan olti yosh katta bo’lgan.

5. Napoleon 16 yoshida kichik leytenant unvonini olib harbiy xizmatni boshlagan. U artilleriyada xizmat qilgan. 24 yoshda general unvonini olgan. 35 yoshda esa Fransiya imperatoriga aylangan.

6. Tarixiy manbalarda bitilishicha, Napoleon kitobni tez o’qishda tengsiz sanalgan ekan. U bir daqiqada ikki mingtagacha so’zni o’qiy olgan.

7. Napoleon allaqachon qashshoqlashib bo’lgan dvoryan oilasida dunyoga kelgan. U oilada 13 farzandning ikkinchisi edi.

8. Napoleon kuchli stress holatida bir necha soniyadayoq uxlab qolarkan. Bunday lahzalarda unga artilleriya shovqini ham ta’sir o’tkaza olmaskan. Ammo bir kecha-kunduzda 3-4 soatdan ortiq uxlay olmagan.

9. 1815 yili Fransiya yangi hukumati Napoleonni “Ilohiy Yelena” oroliga surgun qilgan. Uning qo’l ostidagilarni, qarindosh-urug’larini Fransiyadan quvib solishgan. Ularga mamlakat yaqinida yashash, ichkarisiga kirish va Fransiya armiyasida xizmat qilish qat’iyan taqiqlangan. Bu taqiqlov 1951 yildagina bekor qilindi.

10. O’sha orolda Napoleon saraton xastaligini orttirgan va kasallikni kalamush dori bilan davolashga uringan. Xuddi shu narsa imperatorning o’limiga sabab bo’lgan. Napoleonning hoki Parijdagi Nogironlar uyida saqlanadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…