XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

BO’RI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Bo’rining eshitish imkoniyatlari juda keng. U 7-8 kilometr uzoqlikdagi tovushni ham bemalol eshita oladi.

2. Bo’rilar ba’zida o’laksalarni yeydi. Faqat juda och qolsa, yeyishga yemish topolmasagina o’laksa yeyishga majbur bo’ladi.

3. Bo’rining yolg’izi galasiga nisbatan ancha xavfsiz hisoblanadi. Yolg’iz yurganda ular juda ehtiyotkorlik bilan harakatlanadi.

4. Bo’rivachchalar tug’ilgach, dastlabki 4 oyda katta tezlikda vazn yig’adi. Yangi tug’ilgan bo’rivachchaning vazni esa atigi 500 grammga teng bo’ladi.

5. Qizil bo’ri tulkiga shu qadar o’xshaydiki, ko’p hollarda odamlar ularni bir-biridan ajrata olmay qiynaladi.

6. Bo’ri qo’lga o’rganmaydi. Hatto, qafasda saqlangan, uy sharoitida yashagan bo’lsa ham baribir ko’chaga talpinaveradi. Faqat chiyabo’rilarni qo’lga o’rgatish mumkin. Ularni it o’rnida boqsa bo’ladi.

7. Bo’rining ko’zlari qorong’ilikda xuddi mushuklarniki kabi yonadi.

8. Ozolikdagi bo’ri och holatda 5 kundan 7 kungacha yashay oladi.

9. Bo’ri bir marta juft tanlaydi va u bilan bir umr birga bo’ladi.

10. Bo’rining tishlari sher va yo’lbarslarniki kabi maksimum darajada o’tkir emas. Shuning uchun o’ljasini bir tishlashda o’ldira olmaydi. Shuning hisobiga o’ljani tiriklay yeyishga majbur.

11. Shimoliy qutbdagi bo’rilar shu qadar kuchli irodaga egaki, ular yashaydigan sharoitda uncha-muncha hayvon yashab qola olmaydi.

12. Bo’ri suvda suzishni yoqtirmaydi. Ammo to’g’ri kelib qolsa, bu vazifani a’lo darajada udalay oladi. Yoshi ulug’ bo’ri suvda o’nlab kilometrlarni to’xtamasdan suzib o’ta oladi.

13. Bo’ri och bo’lsa, bir yeyishda 8-10 kilogramm ovqatni paqqos tushiradi.

14. Yangi tug’ilgan bo’rivachchalar dastlabki paytlarda ko’r va kar holatda bo’ladi.

15. Qora bo’rilar itlar bilan chatishtirish natijasida dunyoga kelgan. Ular asosan Shimoliy Amerikada istiqomat qiladi.

16. Bo’ri tungi hayot tarzini kechiradi. U kerak bo’lsa bir kechaning o’zida yuz kilometrgacha yo’l bosib o’tishi mumkin.

17. Agar ikkita bo’ri galasi uchrashib qolsa, bu mushtlashuv bilan yakun topadi. Lekin mushtlashuvda faqat to’daboshilar ishtirok etadi. Qay biri yengilsa, o’ljasini g’olib to’daga qoldiradi-yu, sheriklari bilan jo’nab ketadi.

18. Bo’ri miyasi hajmi itnikiga nisbatan 25-30 foizga kattaroq bo’ladi.

19. Bo’rining maksimal vazni 86 kilogrammgacha yetadi.

20. Bo’ri 4-5 metr yuqoriga sakray oladi. Yugurganda tezligi soatiga 60-65 kilometrgacha yetadi.

21. Yangi tug’ilgan bo’ri bolasining ko’zlari moviy rangda bo’ladi. Oradan bir necha oy o’tgach, jigarrang tusga kiradi.

22. Urg’ochi va erkak bo’ridan tug’ilgan bo’rivachchalarni butun boshli gala tarbiya qiladi.

23. Bo’ri odatda odamlarga hujum qilmaydi. Faqat quturgan bo’rigina tashlanishi mumkin. Sog’lom bo’ri odamlarni aylanib o’tishni ma’qul ko’radi.

24. Bo’rining hid olish qobiliyati ham maqtovga loyiq. U 15-20 kilometr uzoqlikdagi hidni his eta biladi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…