XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

EGIZAKLAR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Dunyoda egizaklarning dunyoga kelishi 1980 yilga kelib 70 foizga oshdi.

2. Ayollarda yoshi o’ttizdan oshgach, egizaklarni dunyoga kelish imkoniyati ortadi.

3. Egizaklarning otasi boshqa-boshqa bo’lishi mumkin. Ammo bunday hodisa dunyoda juda kam uchraydi.

4. Egizaklar bolaligida o’z tilini yaratib olishadi. Bu tilni o’zlaridan boshqa hech kim tushunmaydi. Shunday tilni fanda kriptofaziya deb atashadi.

5. Italiyalik olimlar izlanishlar natijasida bir narsani aniqlashgan. Ma’lum bo’lishicha, egizaklar ona qornida 14- haftadan bir-birlarining qo’lidan tutib, turta boshlarkan.

6. Ba’zi ma’lumotlarda aytilishicha, vegetarianlarda go’shtxo’rlarga nisbatan egizak farzand ko’rish imkoniyati ko’proq bo’larkan.

7. Bir-biriga haddan tashqari o’xshaydigan, boshqacharoq aytganda, bir-birining qiyofasini yuz foiz takrorlaydigan egizaklar tug’ilib voyaga yetgach, turli taomlarga mehr qo’yish natijasida bir-birlariga kamroq o’xshaydigan bo’lib borarkan.

8. Egizaklarning DNK si bir xil, ammo barmoq izlari, kindik tuzilishi turlicha bo’ladi.

9. Dunyodagi jami egizaklarning 22 foizi chapaqay bo’ladi. Egizak bo’lmagan bolalar orasida esa chapaqaylar dunyo bo’yicha 10 foizni tashkil etadi xolos.

10. Eng ko’p egizak tug’iladigan davlat Nigeriya, eng kam tug’iladigan davlat esa Xitoydir.

11. Egizak tug’adigan ayollar yolg’iz farzandlarni dunyoga keltiradigan ayollarga nisbatan ko’proq umr ko’radi.

Olimjon HAYIT tayyorladi