XOH IShONING, XOH IShONMANG…

* Hasharotlar – bundan 400 mln. yil ilgari Yerda paydo bo’lgan ilk jonli mavjudotlardir. O’shandan buyon ular beshta ommaviy halokatlarni boshdan kechirishdi va tiranozavrlardan ko’ra yashovchanroq ekanliklari ma’lum bo’ldi.

* Hozir dunyoda asalarilarning 20 mingga yaqin turi mavjud. 500 gramm asal yig’ish uchun bitta ari uyasidan gulgacha 10 mln. marta uchib borishiga to’g’ri keladi.
* Urg’ochi suvarak bir yil davomida 2 milliondan ziyod tuxum qo’yishi mumkin. Bundan tashqari suvarak to’qqiz kun boshsiz yashay oladi. Mabodo termayadroviy ofat tufayli insoniyat qirilib ketsa ham suvaraklar yashash qobiliyatlarini yo’qotmaydi.
* Bir yil davomida o’rgimchaklar iste’mol qiladigan barcha hasharotlarning og’irligi yer yuzida yashovchi barcha insonlar vaznidan og’ir bo’ladi.
* O’rgimchaklarning 35 mingga yaqin turi ma’lum va hamma vaqt yangi-yangi turlari kashf qilinyapti.
* Chumolilar hech qachon uxlamaydi. Yer yuzida qancha turda qush bo’lsa (9000), chumolilarning ham deyarli shuncha (8800) turi mavjud.
* Kapalaklar ta’mni orqa qismi yordamida sezadi. Qanotlarining rangi nurni akslantiruvchi pardalar yordamida hosil bo’ladi.
* Asalarilarning beshta ko’zi mavjud. Uchtasi boshning yuqori qismida, ikkitasi esa oldinda bo’ladi. Asalari qanotlarini bir daqiqada 11.400 marta qoqadiki, bu o’ziga xos g’o’ng’illashga o’xshab eshitiladi.
* Hozir qo’ng’izlarning 400 mingga yaqin turi ma’lum. Eng yirik titan qo’ng’izning bo’yi 17 sm.ga yetishi mumkin.
* Ninachi eng tez uchuvchi hasharot hisoblanadi. Uning harakatining tezligi 57 km/soatga yetadi.
* «Vitchetti» lichinkalarini tiriklay iste’mol qilgan yaxshi. Katta yoshli kishi o’nta yirik lichinkaga to’yadi.
* Hasharotlar oqsil, uglevodlar, vitamin va minerallarga boy taom hisoblanadi. Tailandda ular delikates taom sanaladi, u yerda qovurilgan qora chigirtka va chigirtkalarga talab katta.
* Qora chigirtkalarning quloqlari oldingi oyoqlarida joylashgan.

* Barcha hasharotlarning taxminan uchdan  bir qismi yirtqich hisoblanadi va ularning aksariyati o’limtik va qoldiq ovqatni yemay, o’zi ov qiladi.
* Beshiktebratar o’z tanasining uzunligidan 40 baravar uzoqroqqa sakrashi mumkin, burgalar esa 130 barobar.
* Sayyoramizning inson o’zlashtirgan har bir kvadrat milida 26 mlrd.dan ziyod hasharot yashaydi. Olimlarning fikriga ko’ra, yana fanga noma’lum hasharotlarning 5-10 mln.ta turi mavjud.
* Mayda chaquvchi hasharotlar, oqboshlar, qanotlarini bir daqiqada 62.760 marta qoqishadi, ko’z ilg’amas tezlik!
* Uy pashshalari odatda o’zlari paydo bo’lgan joy yaqinida yashashadi, biroq ma’lum bo’lishicha ular shamol ta’sirida  45 km. uzoqlikkacha «ko’chib» borishlari mumkin ekan.
* Dunyodagi eng yirik tungi kapalak Attacus Altas. Qanotlari yoyilganda 30 sm.ga yetishi bois ko’pincha ko’rganlar uni qush deb o’ylashadi.
* Cho’l chigirtkasining galasida 50 mlrd. hasharot bo’lishi mumkin. Har bir chigirtka o’z vazniga teng ovqatni yeya oladi. Mazkur gala bir kunda Nyu-York aholisi yeydigan ovqatdan to’rt baravar ko’proq ovqatni paqqos tushiradi.

* Tut ipak qurti hasharotlar orasida eng qadimgi xonakilashtirilgan tur hisoblanadi. Bu hasharotni 5000 yil oldin Xitoyliklar boqa boshlagan. Tut ipak qurtining bir dona pillasidan 1000-1500 m ipak olinadi.1 kg pilladan esa 90 gr yengil va pishiq tabiiy ipak olinadi.

* Bitta sariq o’rmon chumolisining oilasi 0,25dan 1 gektargacha o’rmonni zararkunandalardan himoya qiladi.

* Yer yuzida 2,5mln hayvon bo’lsa shularning 1,4 mlnini hasharotlar tashkil qiladi.

* Bitta urg’ochi chivining avlodi bir mavsumda 5 trillionga yetishi mumkun.