XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

DELFIN HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Delfinlar onadan tug’ilayotganda, bosh emas, dum qismi oldin yorug’ dunyoni ko’radi.

2. Delfin bolalari onadan mo’ylovchalar bilan tug’iladi. Mo’ylovchalar dastlab ularga onasini qidirib topishda yordam beradi. Oradan qisqa vaqt o’tgach,  g’oyib bo’ladi.

3. Yosh delfinlar onasi bilan 2-3 yil davomida birga bo’ladi.

4. Delfin yemishni chaynamay yutadi. Chunki uning jag’i chaynashga moslashmagan.

5. Delfin bolalarini sut bilan boqadi.

6. Qadimiy Gretsiyada delfinni o’ldirgan odam qatl etilgan.

7. Yoshi ulug’ delfinning miyasi 1700 grammga teng.

8. Delfinning asab to’qimalari odamnikiga nisbatan ko’proq bo’ladi.

9. Suvda delfinlar soatiga 40-50 kilometr tezlikda harakatlanadi.

10. Delfin ovqat tanlamaydi. Nimani topsa, yeb ketaveradi.

11. Bu jonivorlarning 40 tadan ortiqroq turi bor. Delfinlar kitlar, dengiz sigirlariga qarindosh hisoblanadi.

12. Delfinlar bir-biri bilan tovushlar yordamida muloqot qiladi. Ular o’zidan 14 000 xilgacha tovush chiqara oladi.

13. Delfinlar bundan 10 million yilcha oldin paydo bo’lgan.

14. Har bir delfinga onasi alohida ism beradi. Shu ism bilan bir umr yashaydi.

15. Akulalar delfindan qo’rqadi. Chunki ular uzun burun qismi bilan hujumga o’tadi. Bir marta amalga oshirilgan hujum akula uchun albatta o’lim bilan tugaydi.

16. Bu jonivorlar qorong’ida ham a’lo darajada ko’radi.

17. Delfin uxlaganda, hamisha miya yarim sharining biri uyg’oq bo’ladi.

18. Gang daryosida tug’ma so’qir delfinlar umrguzaronlik qiladi. Ular so’qirligi boismi, eshitish imkoniyatlari juda keng.

19. Delfin suvda o’rtacha 8-10 daqiqa nafas olmasdan tura biladi.

20. Delfinlarning homiladorlik davri 18 oy davom etadi.

21. Urg’ochi delfin ota-onasi o’lim topgan qarindoshlarning bolalarini asrab oladi. Bu olimlar tarafidan ko’p bora kuzatilgan.

22. Dengiz va okeanda juda ko’p marotaba delfinlar cho’kayotgan odamlarni qutqarib qolganiga guvoh bo’lingan. Hatto, shunday lahzalar bo’lganki, akula qutqaruvdagi odamga hujum qilmoqchi bo’lganda, delfin uni po’pisa orqali haydab solgan.

Olimjon HAYIT tayyorladi