XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

LO’LILAR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Lo’li degan millat dunyoda yo’q. Lo’lilarning barchasi Hindistondan duch kelgan tarafga hayot izlab borganlar hisoblanadi. Ammo ularning hech biri garchi bu tilni yaxshi o’zlashtirgan bo’lsa-da, hind tilida gapirmaydi. Hindistondan ajralib chiqib keyinchalik o’ziga «lo’li» degan millatni o’ylab topganlarning aksariyati Misr va Eron tomonlardan panoh topgan.

2. Lo’lilar hozirgi kunda Amerika, Braziliya, Ispaniya, Bolgariya va Argentinada ko’pchilikni tashkil etadi. Rossiyada jami 220 ming lo’li yashaydi. Kanada, Serbiya, Slovakiya, Bosniya hamda Gersegovinada ham lo’lilar kam emas.

3. Aytishlaricha, Eronga ko’chib o’tgan lo’lilarning yarmisi qaytadan Hindistonga — o’z vataniga kelib joylashgan. Hozirda ular Hindistondagi eng hurmatli fuqarolar sanaladi. Sababi shuki, ular garchi o’sha yerda ham tilanchilik bilan shug’ullansa-da, eng badavlat odamlar hisoblanadi.

4. Yevropadagi lo’lilar asosan ko’chalarda qo’shiq kuylab, raqs tushib tirikchilik qiladi.

5. Yevropa taraflarda yashovchi lo’lilarning ajdodlari ilgari fol ochish, jodu, tabobat bilan jiddiy shug’ullangan. Ayniqsa, tabobat masalasida ularga yetadigan mutaxassis bo’lmagan. Lo’li tabiblar hech bir millat vakili bo’lmish tabib aqli bovar qilmas o’simliklarni topib, ularning davolash xususiyatlarini ustalik bilan aniqlay olgan.

6. Lo’li uchun eng dahshatli jazo uni tabordan haydab solishdir. Bunday jazoga o’ta og’ir jinoyat sodir etgan lo’lilar mahkum etiladi.

7. Lo’lining sochi kalta qilib kesilgan bo’lsa, u sharafsiz hisoblanadi. Lo’lilar tabordan haydalgan a’zoning sochini kalta qilib qirqib qo’yishadi.

8. Lo’li yigit bir qulog’iga zirak taqqan bo’lsa, bu oilada yagona o’g’il ekanidan darak beradi.

9. Lo’lilar to’y yoki boshqa bir tantana uyushtirsa, mezbonlarga spirtli ichimlik ichish taqiqlanadi.

10. Har yili 8 aprelda xalqaro lo’lilar kuni bayram qilinadi.

11. Olamdan o’tganning oxirgi paytlarda kiygan kiyimlari, qo’li tekkan buyumlar harom hisoblanadi. Shuning uchun ularni ham marhum yoki marhuma bilan birga qabrga ko’mishadi.

12. Lo’lilarning aksar qismi gipnozni juda yaxshi o’zlashtirgan. Bu narsadan ular o’z manfaati yo’lida unumli foydalanadi. Shu sababli ular bilan yuzma-yuz kelganda, ko’ziga uzoq vaqt qaramaslik tavsiya etiladi.

13. Ko’pchilik mutaxassislar musulmon davlatlarda mashhur qorin raqsini aynan lo’lilar o’ylab topgan deyishadi. Ammo bunga aniq dalil yo’q.

14. O’rta asrlarda lo’lilarni ham yevreylar bilan bir qatorda odamxo’rlikda ayblashgan va shafqatsizlarcha qatl etishgan.

15. Lo’lilar orasida ham professional olimlar, xonandalar, yozuvchilar, raqqos va raqqosalar, rejissyor, bokschilar yo’q emas. Masalan, Marishka Veresh, Ion Voyku, Yanosh Bixari, Jem Meys, Mateo Maksimov, Yul Brinner va hokazolar shular jumlasidandir.

16. Stalin davrida Rossiyadagi ko’plab lo’lilar repressiyaga uchragan.

17. Hindistondan ajralib chiqqani uchunmi, lo’lilar hind tilini yaxshi biladi. Shu sababli hindcha filmlarni tarjimasiz tomosha qiladi.

18. Lo’lilarning milliy taomi qovurilgan yoki qaynatilgan tipratikon hisoblanadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi