XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

MIS HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Misning 80 foizi qayta va yana qayta ishlanib, iste’molga chiqariladi. Chunki uni tashlab yuborishga mutaxassislarning ko’zi qiymaydi. Sababi mis ham qimmat turadi.

2. Kipr orolida odamlar bundan 4000 yil oldin mis qazib olishgan va qayta ishlashgan.

3. Metallar orasida mis qimmatbaholigi jihatidan uchinchi o’rinni egallaydi.

4. Misning eng toza turi sim va elektr kabellari ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.

5. Mis xavfli bakteriyalarga qarshi kurash vositasi hisoblanadi. U suv va havodagi bakteriyalar keng tarqalishiga yo’l qo’ymaydi.

6. Metallar ichida elektr tokini o’tkazish bo’yicha mis faqat kumushdan keyingi o’rinda turadi.

7. Arxeolog olimlar Misr atrofidan 5000 yil oldin yasalgan mis trubalarni topishgan.

8. Umuman olganda, mis hayot uchun xavfli metall hisoblanmaydi. Lekin uni qazib olish baribir xavfli. Masalan, Amerikadagi Berkli-Pit ko’li mis konini suv bosgandan keyin zaharli ko’lga aylangan.

9. Odam organizmida ham mis yo’q emas. U jigarimizda ko’pchilikni tashkil etadi.

10. Mis hatto oltinga ham aralashtiriladi. Bu qimmatbaho toshning mustahkamligini oshiradi.

11. Mis Nepalda shifobaxsh metall sifatida juda qadrlanadi.

12. Yoshi ulug’ odamning organizmida o’rtacha 60-80 milligramm mis mavjud.

 

1 SENTYaBR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Rossiyada Petr I davrida o’quv yili boshqa kunlari boshlangan. Masalan, qishloq maktablari o’quvchilari yangi o’quv yilini 1 dekabrda boshlashgan. Ayrim gimnaziyalarda esa o’quv yili 1 avgustda boshlangan.

2. Yangi o’quv yili rasman 1 sentyabrda boshlanishi sobiq sovetlar davrida 1935 yil 1 sentyabr kuni tasdiqlangan.

3. Angliya, Kanada va Amerikada yangi o’quv yili 1 sentyabr emas, sentyabrning birinchi seshanbasida boshlanadi.

4. Italiyada yangi o’quv yili 1 sentyabr emas, 1 oktyabrda boshlanadi.

5. Qadimiy Rusda 1 sentyabr kuni yangi o’quv yili emas, Yangi yil bayrami nishonlangan.

Olimjon HAYIT tayyorladi