APELSIN HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Nordon apelsinlar Yevropaga X asrda Portugaliya dengizchilari tarafidan olib kelingan. XV asrda esa Yevropada shirin apelsinlar paydo bo’ldi.
2. Kaliforniyada vanna qabul qilayotib apelsin yeyish qonunga zid hisoblanadi va qonunbuzar tegishli moddalarga asosan jazolanadi.
3. Bobbi Lich degan erkak Niagara sharsharasidan bochkaning ichida o’ta olgan birinchi erkak sanaladi. U apelsin po’chog’iga sirg’anib ketib kasalxonaga tushgan va yaralangan yeri gangrenaga uchrashi oqibatida o’lim topgan.
4. Dunyoda apelsinning 20 foizigina yangi uzilgan meva sifatida iste’mol qilinadi. Qolgan 80 foiz qismi sharbatlar, ekstrakt va konservalar tayyorlash uchun sarflanadi.
5. Apelsin hosildorlik bo’yicha birinchi o’rinni egallaydi. Ikkinchi o’ringa esa banan egalik qilib turibdi.
6. Apelsinning tarkibidagi «narigenin» moddasi teri tez qarib qolishining oldini oladi.
7. Ispaniyada 35 milliontaga yaqin apelsin daraxti bor.
8. Dunyoda apelsinning 600 taga yaqin navi mavjud.
9. Ayrim apelsin daraxtlari 100-150 yil umr ko’radi.
10. Apelsin ozishda yordam beradi.
11. Apelsin yetishtirish bo’yicha dunyoda Braziliya yetakchi hisoblanadi.
12. Apelsin tarkibida kaliy va kalsiy ko’p. Shu sababli bu meva turi yurak va suyaklar uchun juda foydali sanaladi.
13. Apelsin odamning ko’rish qobiliyatini ham yuqori darajada ushlab tura oladi. Chunki apelsinda «A» vitamini ko’p. Aynan shu vitamin ko’zimizning ko’rish imkoniyatlarini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
14. Amerika reklamachilari apelsin sharbati yanada ko’proq sotilishi uchun «Sitrus» superqahramonni o’ylab topishgan.
15. Bitta yirik apelsin daraxti bir yilda 40 ming donagacha meva beradi.
16. Apelsin po’sti tarkibida pektin moddasi bor. U qondagi qand miqdorini me’yoriga keltiradi, oshqozon faoliyatini yaxshilab boradi.
17. «Vashington Navel» apelsin turining danagi bo’lmaydi.
18. Bitta apelsin daraxtida 60 000 tagacha gul yozadi. Ammo ularning 1 foizigina meva beradi.
19. Odessa shahrida apelsin sharafiga yodgorlik o’rnatilgan.
20. Bir dona apelsin tarkibida odam uchun bir kecha-kunduzga yetadigan «S» vitamini mavjud.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…