* * *
NASRIDDIN AFANDI VA UNING BESh YaShAR O’G’LI SUHBATIDAN:
O’g’il:
— Dada, 5 so’m beri-ing!
Afandi:
— 4 so’m? 3 so’mni nima qilasan? 2 so’m ham olaver-da! Ma 1 so’m!.. — deb afandi o’g’liga 50 tiyin bergan ekan.
* * *
Kunlarning birida Nasriddin Afandi Yangiqo’rg’on bozoriga kelib, eshagini bozor eshigi yaqinidagi daraxtga bog’lab, o’zi ichkariga kirib ketibdi. Yarim soatdan keyin chiqib qarasa, eshagi yo’qmish. Afandi olomonga yuzlanib qichqiribdi:
— Hoy aholi! Men yarim soat burun eshagimni manavi yerga boylab ichkariga kirib ketgandim. Chiqsam, eshak joyida yo’q. Yana 5 minutga bozorga kirib chiqaman. Chiqqanimda eshak joyida turgan bo’lsin, ha! Aks holda otam qilgan ishni qip ketaman!..
Afandi aytganidek 5 minutdan so’ng tashqariga chiqsa, eshak joyida paydo bo’libdi. Asta eshakka minib keta boshlabdi.
Qarang, eshakni o’sha atrofdagi o’g’ri bolalar olib yashirib qo’yishgan ekan. Afandining gapidan keyin «Otasi nima ish qip ketgan ekan?», deb, qiziqib, tag’in eshakni joyiga boylab qo’yishgan ekan. Ulardan biri yugurib borib Afandidan so’rabdi:
— Amaki, otangiz nima ish qip ketgandi?..
Afandi kulimsiragancha, javob qilibdi:
— Otammi? Otam eshagini yo’qotib qo’yib piyoda ketgan ekan.
loading…