KUN KULGISI…

 

 

* * *

 

Qish. Sovuq. Baliqchi daryo bo’yida qarmog’ini suvga tashlagancha bosh yalang o’tirardi. Unga baqira ketishdi:

— Ahmoq, boshingga shapkangni kiyib ol, shamollaysan!

— Yo’q, o’tgan gal shapkada o’tirgandim, do’stlarim ulfatchilikka chaqirishganini eshitmay qoldim.

 

* * *

 

Ikki baliqchi uchrashib qolishdi. Biri ikkinchisiga dedi:

— Kecha men o’zimning bilagimday baliq tutib oldim.

— Aldama, baliq bunaqangi jundor bo’lmaydi.

 

* * *

 

— Eshitishimcha, xotiningiz rejissyor emish. To’g’rimi?

— Ha.

— Qaerda ishlayapti?

— Uyda oilaviy sahnalar qo’yyapti.

 

* * *

 

Erkak o’limi oldidan yaqinlarini oldiga chaqirib ulardan birma-bir uzr so’ray ketdi.

— Uka, esingdami, seni ishdan haydashgandi. Men uyushtirgandim, kechir! Singlim, seni maxsus xizmat xodimlari sudrashgandi-a? Men ustingdan yumaloq xat yozgandim, kechir! Xotin, seni qamashmoqchi bo’lishgandi. Mening aybim bilan edi, kechir!.. Alvido! Meni qandilga oyog’imdan osib qo’yinglar!.. Bu oxirgi iltimosim…

Uni yaqinlari so’raganidek, qandilga oyog’idan osib turishgandi, eshik taqillab, ichkariga militsionerlar kirib kelishdi.

— Kechirasizlar, bizga ariza tushdi. Sizlar murdani qiynoqqa solayotgan emishsizlar!

 

* * *

 

Er kutilmaganda safardan qaytdi. Jazman shoshib uchinchi qavatdagi o’sha kvartiraning balkoniga chiqdi-da, pastga osilgancha turaverdi. Ko’cha supuruvchi qarasa, tushadigan emas. Shunda jazmanga qichqirdi:

— Tushmaysanmi?

— Yo’q.

— Unda oyog’ingni ko’tarib tur, supurib olay!

 

* * *

 

Erkak qo’lida qurol va kichkina quticha ushlab ketib borardi. Do’sti uchratib qolib so’radi:

— Qaerga ketyapsan?

— Qaynonamning tug’ilgan kuniga. Unga sirg’a sovg’a qilmoqchiman.

— Unda nega qurol ko’tarib olding?

— Qulog’ini teshish kerak-ku!

 

* * *

 

— Ayt-chi, oshna, sen o’zingni insofli odam deb hisoblaysanmi?

— Ha.

— Agar ko’chada ketayotib million dollar pul topib olsang, egasiga qaytararmiding?

— Ha, agar o’sha pullar kambag’al odamga tegishli bo’lsa.

 

* * *

 

Xotin eriga qichqira ketdi:

— Men sizga tegayotganimda, ko’r, kar ekanman!

— Ko’rdingmi, menga tegib birato’la ikkita kasallikdan xalos bo’libsan.

 

* * *

 

— O’rtoq starshina, buyrug’ingiz bajarildi!

— Men hech qanaqa buyruq berganim yo’q.

— Menam hech narsa qilmadim.

 

* * *

 

Er uyga erta tongda kirib keldi. Xotini uni urisha boshlagandi, qayirib tashladi.

— Men erkin qushman, qachon istasam, o’shanda uchib kelaveraman.

Ertasi kuni xotini erta tongda uyiga kirib keldi-da, dedi:

— Men asira qushman. Endigina qo’yib yuborishdi.

 

loading…