❗️Yoz pallasida muzqaymoq iste’moli ko’payadi. Issiq taftini oluvchi ushbu mahsulot foydali bo’lsa-da, uni iste’mol qilishda xavfsizlik me’yorlariga rioya qilmaslik inson salomatligi bilan bog’liq noxush holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Demak, xavfsizlik me’yorlari:
✅ Katta yoshdagi insonlar haftasiga ikki donadan ziyod muzqaymoq iste’mol qilmasliklari tavsiya qilinadi. Ushbu mahsulotning me’yordan ortig’i faringit, angina, laringit, rinosinusit va boshqa kasalliklarga olib kelishi mumkin.
✅ Muzqaymoq issiq choy bilan iste’mol qilinsa, tomoq yallig’lanishining oldi olinadi.
✅ Muzqaymoqni konditsioner yoqilgan sovuq xonada iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi.
✅ Tishlar ildizi va milklarni shamollatib qo’ymaslik uchun muzqaymoqni kam-kamdan, ohista yemoq kerak.
✅ Bolalarga muzqaymoqning odatdagi me’yoridan yarmini, 4 yoshdan boshlab maxsus sho’rva likopchasiga eritgan holda berish mumkin.
@uzboziqovqat
loading…