XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

SIChQON HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Sichqonning dumi shu darajada uzunki, butun tanasining 60 foizini tashkil etadi.

2. Olimlarning hisob-kitoblariga ko’ra, sichqonlarning yer yuzida 130 dan ortiq turi bor.

3. Qadimiy Rimliklar kalamushni ham sichqon deb hisoblashgan va ularni «katta sichqon» deb atashgan.

4. Kuzda sichqonlar dala va o’rmonlardan qishga yetarlicha zahira yemish bilan qaytadi. Qishda asosan odamlar yashaydigan uylar burchaklari va yerto’lalarda yashashadi.

5. Sichqon ko’rinishi yoqimsiz bo’lsa-da, inini juda ozoda tutadi. Agar ini ifloslangan bo’lsa va uni tozalashning imkoni bo’lmasa, boshqa in qurishga tushadi.

6. Bir kecha-kunduzda 15-20 soatlab ishlaydi. Shu muddat ichida atigi 25-30 daqiqa dam oladi xolos.

7. Yugurganda sichqonning tezligi soatiga 13 kilometrgacha yetadi. Bundan tashqari, sichqonlar suzishga ham ustasi farang.

8. Bir kecha-kunduzda sichqon 3 millilitr suv ichadi. Agar bir-ikki hafta suvsiz qolsa, o’lim topadi.

9. Sichqonlar qorin to’ydirishga ovqat topa olmaganda, sovun, sham, hatto kleygacha yeb bitiradi.

10. Bir yilda sichqonlar 14 marta bolalaydi. Har tuqqanda 3 tadan 12 tagacha sichqonchalarni dunyoga keltiradi. Sichqonchalar ko’r va yungsiz holatda dunyoga keladi. Oradan 10 kun o’tgachgina yung paydo qiladi. Tug’ilgach, oradan 4 kun o’tib ko’zlari ko’ra boshlaydi. 21 kundan so’ng ota uyni tark etib mustaqil hayot boshlaydi.

11. Kalamush sichqonga qarindosh emas. Butkul boshqa jonivor. Aksar holatlarda sichqonlar kalamushlar uchun yemish vazifasini o’taydi.

12. Yovvoyi tabiat qo’ynida sichqonlar bir yarim yilgacha umr ko’radi.

13. Sichqonlar uzoqni yaxshi ko’ra olmaydi. Ammo savil qolar quloqlari bir necha kilometr uzoqlikdagi tovushlarni baloday eshitadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading…