* * *
Ikki dugona suhbatidan:
— Bilasanmi, men chet eldan keltirilgan divanimizni sotib yubormoqchiman.
— Nega?
— O’sha divanga qaradim deguncha, erimga qilgan xiyonatlarim yodimga tushadi.
— Uf-f! Agar erimga qilgan xiyonatlarimni eslataveradi desam, mening uyimda hech vaqo qolmagan bo’lardi.
* * *
Engiltabiat qiz dugonasiga dedi:
— Men taniqli kinoyulduzga aylanishni va butun dunyo mening haqimdagina gapirishini istardim.
— E, mahalladagilarning faqat sen haqingda gapirib yurishgani kammi?
* * *
Ikki do’st uchrashib qolishdi.
— Xo’sh, ishlar qalay?
— Xotinim menga nonvoy bilan xiyonat qilyapti shekilli. Har kuni karavot ustida non ushoqlari paydo bo’lib qolyapti.
— Ha, men ham xotinimdan shubhadaman. U yaramas santexnik bilan uchrashib yurgan ko’rinadi.
— Nima, karavotdan uning asboblarini topib olyapsanmi?
— Yo’q, uyga keldim deguncha, karavotda xotinim bilan birga santexnik yotgan bo’ladi.
* * *
Psixiatr qabulida.
— Do’xtir, menga xuddi yelkamda kichkinagina timsohchalar o’rmalab yurgandek bo’laveradi.
— Vey, nimaga timsohchalaringizni menga irg’itasiz-a? Nariroq turing!
* * *
Vrach hamkasbidan so’radi:
— Nega bemorlardan qanaqangi spirtli ichimlik ichishini so’rayverasan? Tashhis qo’yishingda yordami tegadimi?
— Yo’q, qancha haq olishmni belgilab olaman.
* * *
— To’tiqushingni gapiradigan deganding. Mana, senikiga necha marta bordim, lekin to’tining gapirganini eshitmadim-ku!
— U kimning oldida gapirish xavfsiz ekanini yaxshi biladi.
* * *
Ikki ot uchrashib qolishdi. Biri ikkinchisiga arz qila ketdi:
— Xo’jayin jonimga tegib ketdi. Goh ustimga minib choptiradi, goh pichan tashitadi. Nafas rostlashga vaqt bermaydi.
— Unda sen jonivorlarni himoya qilish jamiyatiga arz qil!
— Ho, savodim borligini bilib qolsa, yana kabinetiga olib kirib yozdirsinmi?!.
* * *
Pingvin bolasi barga kirib sotuvchidan so’radi:
— Mabodo dadamni ko’rmadingizmi?
Sotuvchi:
— Yo’q. Ko’rinishi qanaqa edi?
* * *
Tipratikon bolasi o’rmonda adashib qoldi. Yarim tungacha uyini qidirib daydidi va nihoyat kaktusga urilib ketib ovozining boricha baqirdi:
— Xudoga shukr-ey, oyim shu yerda ekan!
* * *
150 kilolik baliq daryo tubiga tushgach, sherigiga dedi:
— O’lay agar, hozirgina bizga to’r tashlagan odamning og’irligi yuz kilodan kam emasdi!
loading…