XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

ChIGIRTKA HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Chigirtkaning bitta to’dasi 50-60 milliarddan ortiq bo’ladi. Ular ekin-tikinga baravar tashlansa, 200 tonnagacha bo’lgan mahsulotni yeb bitiradi.

2. Chigirtkaning erkagi orqa oyoqlari yordamida urg’ochisini o’ziga jalb etish uchun to’rttagacha musiqani ijro eta oladi. Albatta, bu faqat chigirtkalarga xos bo’lgan musiqa hisoblanadi.

3. Qadimda ham bu qumursqa turi xalqning ashaddiy dushmani sanalgan.

4. Chigirtka so’zi turkchadan tarjima qilinganda, «sariq» ma’nosini berarkan.

5. Dunyoda chigirtkaning 10 000 ga yaqin turi bor.

6. Chigirtka Antarktidadan boshqa yer yuzining barcha hududlarida yashaydi.

7. Chigirtka to’dasi soatiga 15-16 kilometr tezlikda uchadi.

8. 1875 yili Amerikada chigirtkalarning juda katta to’dasi paydo bo’lgan. Ular Texas shtatiga yo’l olgandi. Ammo noma’lum sabablarga ko’ra izsiz g’oyib bo’lgan.

9. Chigirtka to’dasi yerga qo’ngach, bir-biriga tanasini ishqalagan holda uzoq turib qoladi. Shu tobda oyoqlarining maxsus nuqtasi orqali shunday axborot yuboriladi: «Bir joyda rosa yemish ko’p ekan. Hozir bu yerda ovqat tamom bo’ladi. Zudlik bilan to’damiz bilan o’sha yoqqa jo’nashimiz kerak…»

10. Chigirtka to’dasi ba’zida ovqat izlab dam olishlarsiz 200-300 kilometr yo’l bosadi.

11. Chigirtkalar piyoda ham yomon harakatlanmaydi. To’da bir kunda 15-20 kilometr piyoda yo’l bosa oladi.

12. Ayrim davlatlarda chigirtkadan taom tayyorlashadi. Chigirtka parhez taom hisoblanadi. Uning tarkibida oqsil miqdori ko’p bo’ladi.

13. Chigirtkaning rangi o’zi yashaydigan hududdagi sharoit va muhitga bog’liq bo’ladi.

14. Tabiat qo’ynida yolg’izlikda umr kechiradigan chigirtkalar ham bor. Ular ochopat emas. Me’yorni biladi va odamlarga ziyon yetkazishmaydi.

15. Bitta chigirtka to’dasi 1000 kvadrat kilometr maydonni egallaydi. Bu ayrim davlatlarning umumiy maydonidan ham ko’p demakdir.

16. Chigirtkalar kannibal hisoblanadi. Manzildan manzilga ko’chish jarayonida ular zaiflashgan qarindoshlarini yeb bitiradi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading…