ShOKOLAD HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Har yili dunyoda 11 iyul kuni Xalqaro shokolad bayrami nishonlanadi.
2. Bir dona kakao donidan 1 gramm shokolad ishlab chiqariladi.
3. Kakao daraxti taxminan 200 yil yashaydi. Ammo 25 yoshga kirgachgina hosil bera boshlaydi.
4. Bir bo’lak shokolad odamga 50 metr piyoda bosishga yetadigan kuch bag’ishlaydi.
5. Qadimiy asteklar shokoladni erkaklarga qo’shimcha quvvat beruvchi, ruhan tetik tutuvchi mahsulot sifatida qadrlashgan.
6. Shokolad tarkibidagi teobromin hayvonlar uchun kuchli zahar vazifasini o’taydi.
7. Shokolad kuchsizroq bo’lsa-da, baribir og’riq qoldiruvchi vazifasini ham o’taydi.
8. Angliyadagi «Cadbury» shokolad fabrikasi 1842 yili dunyoda birinchi bo’lib plitkali shokolad turini ishlab chiqara boshlagan.
9. XIX asrga qadar shokolad suyuq holda ishlab chiqarilgan. Odamlar uni ichimlik sifatida ichgan.
10. Shokolad tarkibida fenamin moddasi mavjud. Olimlarning aytishicha, shu modda inson qalbida kuchli muhabbat tuyg’usi paydo bo’lishida muhim o’rin tutarkan.
11. Ko’pchilik stress holatlarida albatta shokolad yeyishni istab qoladi. Demak, shokolad tinchlantiruvchi dori sifatida ham asqotarkan.
12. Yer yuzidagi eng katta shokolad plitkasi 4, 41 tonna vaznga ega bo’lgan. Uni Ginnes rekordlar kitobiga kiritishgan.
13. Doimiy ravishda me’yorida tabiiy shokolad yeyilsa, qon tomirlar turli «axlat»lardan tozalanib, qon aylanishi yaxshilanadi.
14. O’z davrida asteklar kakaodan pul o’rnida ham foydalanishgan.
15. Oq rangdagi shokolad plitkasini yaratish uchun kakao-moy, shakar va quruq sut ishlatiladi. Uning tarkibida kakao kukuni yo’q.
16. Tarkibida shakar mavjud bo’lgan boshqa mahsulotlardan farqli o’laroq, shokolad tishga ziyon yetkazmaydi, karies chaqirmaydi.
17. Dunyo bo’yicha har yili odamlar shokolad sotib olish uchun yetti milliard dollarga yaqin pul sarflaydi.
18. Har yili dunyoda 4 million tonnaga yaqin kakao yetishtiriladi.
19. Tarkibida oqsil va uglevodlar ko’pligi bois shokolad sport bilan qattiq shug’ullanadiganlarga tez fursatda kuch yig’ish uchun foydalidir.
20. Meksikada tabiblar hanuz shokoladdan bronxitni davolashda foydalanishadi.
21. Shokolad yurak uchun juda foydali. Doimiy ravishda shokolad iste’mol qiladiganlarning yurak xastaliklariga uchrash xavfi 37-40 foizga qisqara boradi.
22. Shokolad qariganda xotira susayib ketishidan saqlarkan. Buni Italiya olimlari o’z tadqiqotlari natijasida aniqlashgan.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…