XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

MAKARON HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Agar italiyaliklar bir yilda yeydigan makaronni spagettiga aylantirilsa, uzunligi 600 mln kilometrga teng bo’lardi. Ular yer yuzini 15 marta to’liq aylanib chiqardi.

2. Dunyoda makaronning 400 tadan 600 tagacha turi bor.

3. O’rta asrlarda makaron Sitsiliyada keng tarqalishni boshlagan. O’shanda odamlar xamirdan tasmalar yasab quyoshda quritishgan. Makaron xuddi shu yo’sinda shakllana borgan.

4. Italiyadagi ishlab chiqariladigan makaron mahsulotlari faqat qattiq bug’doy unidan tayyorlanadi.

5. Lapshani eng tez tayyorlaydigan odam singapurlik Saymon Sang Kun Sang hisoblanadi. U 1994 yili atigi 1 daqiqada bir bo’lak xamirdan jami 8192 ta lapsha kesishga ulgurgan.

6. Amerikaning Bruklin va Nyu-York shtatlarida makaron ishlab chiqariladigan zavod 1848 yili ochilgan. Zavodni fransiyalik Antuan Zerega ismli tadbirkor ochgan. Tayyor bo’lgan spagettilarni esa quyoshda quritgan.

7. 2008 yili Ukrainadagi «Donbass Palas» restorani oshpazi Stefano Belardi uzunligi 211, 5 metr, vazni 81 kiloga teng makaron tayyorlashga erishdi. Bu makaronga 13 kg un, ikki yuzta tuxum, 1 litr o’simlik yog’i sarflandi.

8. Italiyada yiliga 3000 000 tonna makaron mahsulotlari ishlab chiqariladi.

9. Spagetti yeyish bo’yicha jahon rekordi angliyalik Piter Daudesueluga tegishli. U 91, 44 metr uzunlikka ega spagettini 12 soniyada yeb bitirgan.

10. Har yili 25 oktyabrda dunyoda Butunjahon makaron kuni bayram qilinadi.

11. Tarixiy manbalarda ta’kidlanishicha, ilk bor yer yuzida makaron 1350 yillari o’ylab topilgan ekan.

12. Bir nechta o’tkir tishlardan iborat sanchqini (vilka) aynan makaron yeyish uchun o’ylab topishgan ekan.

13. Kanadaning «Okanagan» kollejida har yili spagettidan ko’prik yasash bo’yicha tanlov o’tkaziladi.

14. 2005 yili Xuanxe daryosi sohilida makaron mahsuloti joylangan qadimiy tuvakchani topib olishgan. Bu tuvakchadagi makaron mahsulotlari 4000 yillik tarixga ega ekan.

15. Ko’pchilik makaron odamni semirtiradi deb o’ylaydi. Yo’q, makaron odamni semirtirmaydi. U kaloriyaga boyligiga qaramay, organizm bilan tez til topishadi.

16. Dunyoda qizil va yashil rangli makaron mahsulotlari ham bor. Qizil makaron pomidor, yashili esa shpinat yordamida bo’yaladi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading…