ZAHAR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Ilgari Xitoyning janubiy hududlarida «gu» deb nomlangan zahar mashhur bo’lgan. Uni jodugarlar ilon, chayon va shu kabi zaharli jonzotlarni bir qutiga qamash orqali olishgan. Kuchli jonzot qolganlarni yeb bitirgach, undagi zaharlar to’plami juda katta kuchga ega bo’lgan. Jodugarlar undan raqiblarini o’ldirish uchun foydalangan.
2. Pont podshosi Mitridat V o’z davrida hali hech kimga ma’lum bo’lmagan noma’lum zahar yordamida o’ldirilgan. Undan keyin taxtga o’tirgan o’g’li Mitridat VI esa bolaligidan oz dozada zahar ichib, shu yo’l bilan immunitetini zaharga qarshi kurashga tayyorlab kelgan ekan. Ulg’aygach, unga hech qanday zahar ta’sir o’tkaza olmagan. Kunlarning birida xalq qo’zg’olon ko’targan. Mitridat VI shu balolardan qutulish uchun katta dozada zahar ichgan. Ammo zahar ta’sir etmagan. Shunda qo’riqchisidan o’lishida ko’maklashishni so’ragan. Qo’riqchi podshohni qilich yordamida o’ldirgan.
3. Kamchatkadagi Kixlinыch vulqoni yaqinida yer ostidan zaharli gaz chiqib turadi. Uning dastidan juda ko’p jonivorlar o’lim topgan. Aytishlaricha, bu zaharli gaz darrov o’ldirmas ekan. Navbatma-navbat organizmdagi a’zolarni quritib borarkan.
4. Qorinoyoq mollyuskalar dengiz jonivorlari orasida eng zaharlisi sanaladi. Ular dushmaniga zahar sochgach, bir lahzaning o’zida dushman shol bo’ladi. Ammo darrov o’lmaydi. Oradan ancha vaqt o’tgach, kuchli shok ta’siridagina o’lim topadi. Aytishlaricha, shu mollyuskalarning zaharidan tibbiyotda qandli diabetga qarshi insulin tayyorlashda foydalanilarkan.
5. Braziliyada umrguzaronlik qiluvchi o’rgimchak turining zahari «Qora beva» o’rgimchaginikidan ham kuchliroq. Lekin bu zahar odam organizmiga kirsa, o’ldirmaydi. Uni og’riqli ereksiya holatiga kiritib, oqibatda imponentga aylantiradi.
6. Agar tuz me’yoridan ko’p miqdorda iste’mol qilinsa, odam uchun u zahar vazifasini o’taydi. Agar 80 kilogramm vaznga ega odam bir kunda 250 gramm tuz iste’mol qilsa, albatta o’lim topadi.
7. Kleopatra o’z joniga qasd qilish uchun zaharning eng kuchlisini aniqlashi zarur bo’lgan. Shu sababli zaharni mahbuslarga ichirib ko’rgan. Oxir-oqibat eng kuchli zahar qaysiligini topgan ham. Faqat sho’rlik mahbuslarning ko’pchiligi shu sinovlar qurboniga aylanib juvonmarg bo’lgan-da.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…