BI-IR KULIShMAYMIZMI, TOG'A?..

 

 

***

 

Muallim o’quvchilardan so’radi:

— Bolalar, maktabga kim kalamush olib keldi?

— Bu kalamush emas. Avstraliya taksasi.

— Menga baribir. Mushuk yeb qo’ydimi, demak, kalamush.

 

* * *

 

— Nega asalarichi asal yig’ayotib boshiga to’r taqib oladi?

— Asalarilar tanib qolmasligi uchun.

 

* * *

 

Ziyofatdan so’ng yarim kechasi.

— Xonim, kechirasiz, uyimga qaysi yo’ldan borishimni ko’rsatib yubora olmaysizmi?

— Albatta ko’rsata olaman.

— Ie, siz mening uyimni qaerdan bilasiz? Yo tanishmizmi?

— Ovozingizni o’chiring! Xotiningizman-ku!

 

* * *

 

Bayramdan so’ng ikki tanish uchrashib qolishdi.

— Xo’sh, bayramni qanday kutding?

— Bilmadim, hali gapirib berishmadi.

 

* * *

 

ARChA BOZORIDAGI E’LONDAN:

—  Xaridor, yodingda tut! Agar uyingda sun’iy archa tursa, Qorboboning ham haqiqiysi kelmaydi!

 

* * *

 

Muhabbat bu ayolga umumiy holatda nazar solish, lekin uning aslida ahmoq ekanini ilg’amaslik demakdir.

 

* * *

 

— Zolushka, sening orzularing ushaldi. Endi sen qirolning bazmida malika sifatida bemalol raqsga tushishing mumkin! Ammo esingda tut, agar bazmdan o’z vaqtida ketmasang, tungi kapalakka aylanib qolasan.

 

* * *

 

Bu omadsiz odamning bo’yni shu qadar ingichka va uzun ediki, unga qarab turib faqat jallodgina maza qilishi mumkin edi. (badiiy asardan parcha)

 

* * *

 

Hayotxonning onasi, aytishlariga qaraganda, maktabda matematikadan juda yomon o’qigan ekan. Shuning uchun Hayotxon dunyoga kelibdi.

 

* * *

 

Ishni ertaga emas, indinga qoldir. Shunda birato’la ikki kun dam olishga muyassar bo’lasan. (dangasaning mulohazasidan)

 

loading…