XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

BO’RI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Bo’rining eshitish imkoniyatlari shu qadar kengki, 7-8 kilometr uzoqlikdagi tovushni ham aniq eshitib turadi.

2. Bo’ri ham o’laksa yeydi. Ammo doim emas. Qachonki och qolsa, yemish topa olmasa, o’laksani yeyishga majbur bo’ladi.

3. Bo’rining yolg’iz yurgani u qadar xavfli emas. To’dasidan qo’rqish kerak.

4. Yangi tug’ilgan bo’rivachcha 500 gramm vaznga ega bo’ladi.

5. Qizil bo’rilar tulkiga shu qadar o’xshaydiki, ko’pchilik ularni bir-biridan ajratishga qiynaladi.

6. Hatto, tutqunlikda katta bo’lsa ham bo’ri hech qachon qo’lga o’rganmaydi.

7. Och holda bo’ri 5-7 kungacha yashay oladi.

8. Bo’rining erkagi ham, urg’ochisi ham o’ziga juftni bir marta tanlaydi. Hatto, jufti o’lib ketgan taqdirda ham u hech qachon boshqasiga qaramaydi. Sadoqatni bo’ridan o’rganish kerak ekan.

9. Bo’ri suvda suzishni yomon ko’radi. Ammo to’g’ri kelib qolsa, bu ishni a’lo darajada uddalaydi.

10. Agar bo’ri och bo’lsa, bir martada 8-10 kilo yemishni paqqos tushiradi.

11. Yangi tug’ilgan bo’rivachchalar ma’lum muddat ko’r va kar holatda yashaydi.

12. Qora bo’ri it va bo’rini chatishtirish natijasida paydo bo’lgan.

13. Bo’ri galasi 30-40 ta a’zodan iborat bo’ladi.

14. Bo’rilar tungi hayot tarzini kechiradi. Galasi bilan ular bir kechada 70-80 km yo’l bosa oladi.

15. Agar ikki bo’ri galasi ro’baro’ kelsa, bu uchrashuv albatta shafqatsiz jangga sabab bo’ladi. Lekin faqat gala yetakchilarigina jang qiladi. Qay biri yengilsa, galasi bilan jimgina ortga chekinadi.

16. Bo’rilar yetakchisi hamisha galaning oldida dumini baland ko’targan holda harakatlanadi.

17. Bo’rining miyasi hajmi itlarnikidan 30 foizga kattaroq bo’ladi.

18. Bo’rining o’rtacha vazni 80-90 kilogramm atrofida bo’ladi.

19. Bu hayvon turi 4-5 metr yuqoriga sira qiynalmasdan sakray biladi.

20. Bo’rining yungi ikki qavatdan iborat. Ichki qavati issiqlikni o’zida saqlab tursa, ustki qatlam namlikni nari surib, ichkariga kirishiga yo’l qo’ymaydi.

21. Bo’ri yugurganda soatiga 60-65 km tezlikka ega bo’ladi.

22. Yangi tug’ilgan bo’ri bolasining ko’zlari moviy bo’ladi. Oradan bir necha oy o’tgachgina jigarrang tusga kiradi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading…