KANAREYKA HAQIDA HAQIQATLAR…

 

1. Kanareyka odamlar bilan yashay boshlaganiga 500 yildan oshdi. Shu muddat ichida uning tovush uskunasi ham o’zgarib ketgan. Uning ovozi yovvoyi tabiat qo’ynidagi boshqa qushlarnikidan butkul farq qiladi.

2. Eng mashhur kanareyka turi «gars rolleri» deb nomlangan. U Germaniyada yaratilgan va sayrashidagi musiqiylik kuchliligi bilan qarindoshlaridan ustun turadi.

3. Hozirgi kunda dunyo bo’yicha 120 dan ortiq kanareyka turi mavjud.

4. Kanareykalar har yili ornitologlar tashkil etadigan maxsus chempionatlarda ishtirok etishadi. Kanareykaning sayrashiga hakamlar hay’ati baho beradi.

5. Kanareykalar eng murakkab musiqiy asarlarni ham juda oson yodda saqlab qoladi. Bundan tashqari, xuddi to’tiqush kabi odamning gapirgan gaplarini ham takrorlashni xush ko’radi.

6. Ular odamlar ruhiyatiga ijobiy ta’sir etib, ko’p hollarda janjallashgan er-xotinlarni yarashtirish quvvatiga ega. Albatta o’zining go’zal sayrashi bilan.

7. Kanareyka o’rtacha 15 yil umr ko’radi va umrining oxiriga qadar sayrashdan to’xtamaydi.

8. Hayotda nafaqat sariq, balki oq, jigarrang va qizil rangli kanareykalar ham bor.

9. Ispaniya monopolistlari o’z davrida kanareyka bilan savdo qilish asnosida ular yashaydigan manzillarni Yevropaning boshqa davlatlari vakillaridan sir tutishgan. Bundan tashqari, o’zga davlatdan kelgan xaridorga faqat erkagini sotishgan. Bu ishni ular o’zga davlatda ham kanareyka ko’paytirilib, o’zlarining biznesi o’lmasligi uchun qilishgan.

10. Kanareykani yolg’iz saqlagan ma’qul. Agar bir necha qafasda alohida-alohida kanareyka boqilsa, ular bir-biriga hasad qilib umuman sayramay qo’yadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading…