VAQT HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Olimlarning hisob-kitoblariga ko’ra, koinot 13, 8 milliard yil oldin paydo bo’lgan.
2. Sanalarning Xalqaro almashinuv jarayoni Tinch okeanida bo’lib o’tadi.
3. Soatlar mili chapdan o’ngga qarab harakatlanadi. Chunki quyosh soatining soyasi xuddi shu yo’nalishga asoslangan.
4. Ma’lum bo’lishicha, ba’zan bir daqiqa 61 soniyadan iborat bo’ladi. Bu voqea ahyon-ahyonda 30 iyun yoki 31 dekabrda sodir bo’ladi.
5. Yilning 12 oyga bo’linishi Vavilonlar davrida paydo bo’lgan.
6. Favqulodda vaziyatlarda vaqt sekinlashadi. Bunga sabab shuki, favqulodda vaziyatlarda odamning miyasi qabul qilinayotgan axborotlarni odatdagidan tezroq qayta ishlay boshlaydi.
7. Soatiga 96 km tezlikda harakatlanayotgan avtomobil Yerga eng yaqin yulduzga yetish uchun 48 million yil yo’l bosishi kerak.
8. Dunyoda eng aniq ishlaydigan soat bu JILA (Joint Institute for Laboratory Astrophysics) atomli soat hisoblanadi.
9. Dinozavrlar yashagan paytlar, 100 million yillar oldin bir kecha-kunduz 23 soatga teng bo’lgan.
10. Marsdagi bir kecha-kunduz 24 soat 39 daqiqa 35, 244 soniyaga teng.
11. Yerning tortish kuchi ham vaqtni sekinlashtiradi. Masalan, shaxtalarda vaqt yer ustidagiga nisbatan sekin o’tadi.
12. Rossiyaning Ratmanova oroli bilan Amerikadagi Kruzenshtern oralig’i atigi 4 kilometr keladi. Agar dengiz orqali yurilsa, u oroldan bu orolga borish uchun 15 daqiqagina kerak bo’ladi. Ammo ikki orol orasidagi bir kecha-kunduz o’rtasida 21 soat farq bor.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…