XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

AVOKADO HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Meksikada avokadodan sho’rva, ikkinchi taomlar pishirishadi. Turli sharbatlar, pashtetlar, kokteyl va muzqaymoq tayyorlashda ham avokadodan foydalanishadi.

2. Avokado ta’m jihatidan sariyog’, ko’katli pyure, ba’zida kedr yong’oqlarini eslatib yuboradi.

3. Avokado ovqat hazm qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bir dona avokado mevasida 10 gramm sof kletchatka mavjud. Uning 75 foizi ovqat hazm qilish uchun kerak bo’lsa, qolgan 25 foizi odamni to’q tutish uchun xizmat qiladi.

4. 1998 yili avokado dunyodagi eng foydali meva sifatida e’tirof etilgan va Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan.

5. Avokado eramizdan avvalgi 10 minginchi yillardayoq odamlar tarafidan iste’mol qilingan. Dastlab u Janubiy Amerikada paydo bo’lgan.

6. Rossiyaliklar ilgari avokadoni «timsoh noki» deb atashgan.

7. Avokado daraxtining bo’yi 20 metrgacha yetadi.

8. Avokado daraxtda dunyoga kelsa-da, uzib olingandan keyingina pishib yetiladi. U uzilmasdan daraxt ustida 18 oygacha turishi mumkin. Unga jin ham urmaydi.

9. Avokadoning eng mashhur navini Xass deb atashadi.

10. Avokado daraxtidagi yaproqlar va meva po’stlog’i, danagi »persin» deb nomlangan zaharli moddaga ega. Shuning uchun ular hayvonlar uchun ham, odamlar uchun ham juda xavfli.

11. Dunyoda avokadoning 400 ta turi bor. Ularning barchasi rangi, hajmi va vazni jihatidan bir-biriga sira o’xshamaydi. Biz biladigan avokado mevasi 250 gramm nari-beri vaznga ega.

12. Agar shu paytgacha tarkibidagi kaliy bo’yicha banan chempion deb hisoblangan bo’lsa, avokado bu fikrni inkor etgan. Agar bir dona banan tarkibida yoshi ulug’ odam uchun bir kecha-kunduzga yetadigan kaliy 10 foizni tashkil etsa, avokadoda 14 foizni tashkil etadi.

13. Avokado vitamin, mineral, foydali yog’lar va boshqa to’yimli moddalarga boy. U terini yoshartirib, organizm qarish jarayonini sekinlashtiradi.

14. Avokado qandli diabet bilan og’riganlar uchun juda foydali. Tarkibida bir yarim foizgina shakar moddasi bor xolos. Bundan tashqari, u immunitetni ko’taradi.

15. Avokado parhez mevasi. Tarkibida xolesterin va uglevodlar yo’q.

16. Avokado oqsillarga shu qadar boyki, bemalol go’sht o’rnini bosa oladi. Shuning uchun bo’lsa kerak, uni vegetarianlar ham yaxshi ko’radi.

17. Avokado janubning mevasi. Sovuqni suymaydi. Shu sababli uni xona harorati sharoitida saqlash kerak. Muzlatkichda tez fursatda iste’molga yaroqsiz holga keladi.

18. Avokado allergiyani tez qo’zg’atadi. Shuning uchun sitrusli mevalarga allergiyasi borlar bu mevani iste’mol qilmaganlari ma’qul.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading…