1. Serial ijodkorlarining tan olib aytishicha, bosh qahramonlardan biri Xurram sulton roliga dastlab aktrisa Oykyu Chelik taklif etilgan. Ammo aktrisaning qomati to’g’ri kelmadi. U tarixiy qahramonga nisbatan to’laroq chiqdi. Shundan keyin Maryam Uzerlini taklif etishdi.
2. Serial sharofati bilan sulton Sulaymonni o’ynagan aktyor Xolid Ergench Turkiyadagi eng ko’p haq oladigan aktyorga aylandi. Unga har bir seriya uchun 45 ming liradan haq to’lashgan.
3. Podshoning to’ng’ich o’g’li, shahzoda Mustafo rolini ijro etgan aktyor Mexmet Gunsur 37 yoshda. Ammo stilistlarning sa’y-harakatlari tufayli 18 yashar shahzoda obrazini ishonchli tarzda namoyish eta oldi.
4. «Muhtasham yuz yil» Turkiya tarixidagi eng qimmat serialga aylandi. Serialning umumiy byudjeti 2 million dollarga teng bo’ldi. Pullarning asosiy qismi dekoratsiya, kostyum va speseffektlarga sarflangan.
5. Istambuldagi To’pqopi saroyining umumiy maydoni 5000 kvadrat metrga teng. Serialni suratga olishda bozor, maydonlar va ko’chalardan iborat maxsus maydon tashkil etishga to’g’ri keldi.
6. Serialni 50 dan ortiq davlat fuqarolari tomosha qildi. Ayniqsa, bu serial Vengriya, Gretsiya, Birlashgan arab amirliklari, Chexiya, Fransiya, Rossiyada juda mashhur bo’lib ketdi.
7. Suratga olish ishlari mo’ljallangan muddatda tugallanishi uchun aktyorlar 15-16 soatlab ishlashga majbur bo’lishdi. Qolaversa, serialni suratga olish jarayoni jarohatlarsiz, ko’ngilsizliklarsiz kechmadi albatta. Erkak aktyorlarning aksariyati tez-tez otdan yiqilib jarohat olgan bo’lsa, aktrisalar o’zlarining uzundan-uzun liboslariga oyoqlari o’ralib qolishi oqibatida turtinib yiqilishdan bezor bo’lishdi.
8. Serialda qahramonlarning liboslariga alohida e’tibor qaratildi. Barcha liboslar va choponlar qimmat matolardan tikilib, ularga qimmatbaho toshlar bilan bezak berildi. Serial uchun 2000 ta turli liboslar maxsus tikildi.
9. Zargarlarning gapiga qaraganda, serial tamom bo’lgandan keyin Sulaymon va Xurram muhabbatining ramzi hisoblangan yashil toshli uzukka ishqibozlar ko’payib ketibdi.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…