XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

OLChA HAQIDA HAQIQATLAR

 

1. Olchaning lotin tilidagi nomi «viscum» bo’lib, tarjima qilinganda «qush yelimi» ma’nosini beradi.

2. Yer yuzida olchaning 150 tadan ziyod turi bor.

3. Olcha va gilos yaqin qarindoshlar hisoblanadi.

4. Olcha yetishtirish bo’yicha Turkiya dunyoda birinchi o’rinni egallaydi. Keyingi o’rinlarga AQSh va Eron egalik qiladi.

5. Yangi uzilgan olcha sharbati tarkibida kislota miqdori ko’p bo’ladi. Shuning uchun bu sharbatni qaynatib, sovitilgan suv bilan aralashtirib ichish lozim.

6. Olcha bundan 10 000 yil oldin paydo bo’lgan va qadimda ham odamlar uni taom sifatida iste’mol qilgan.

7. Belorussiyaning Glubokoe shahrida olchaga yodgorlik o’rnatilgan.

8. Eng yirik olchaning diametri 2 santimetrga teng bo’ladi.

9. Olchaning yovvoyi navlari hatto shimoliy qutbda ham o’sadi.

10. XVI asrda dorivor giyohlar qo’llanmasi nashr etilgan. Qo’llanmaning butun boshli bitta bobi aynan olchaga bag’ishlangan.

11. Olcha daraxtining barglarini qish uchun tayyorlangan tuzlamalarga ham solishadi.

12. Ba’zan olcha daraxti juda-juda uzoq yashay oladi. Masalan, Angliyada bir olcha daraxti bor. Ekilganiga 150 yil bo’lgan. Balandligi esa 13 metrga yetgan.

13. Olcha tarkibida tabiiy aspirin mavjud. Shu sababli 15-20 dona yangi uzilgan olcha yeyilsa, isitmani tushiradi, bosh og’rig’ini qoldiradi.

14. Olcha surunkali shaytonlash xastaligidan xalos bo’lishda yordam bera oladi. Bemor tez-tez to’yib olcha yeb tursa, xastalik ta’qib qilmas ekan.

15. Ovqatga bir necha dona olcha qo’shib yeyilsa, tungi uyqu sokin kechadi. Vaholanki, biz o’zbeklarda palov damlanganda ko’pincha salat o’rniga olcha iste’mol qilinadi. Chunki olchaning nordongina ta’mi ishtahani ham ochadi. Bunda olcha tarkibidagi melotonin asosiy rolni o’ynaydi.

16. Olcha daraxtidagi gullar yaproqlardan oldinroq ochiladi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading…