XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

UZUM HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Uzumning ba’zi navlari ekilgandan keyin oradan 4 yil o’tibgina to’laqonli meva bera boshlaydi.

2. Uzum rangi naviga qarab turlicha bo’lishi mumkin. U och salat rangida, ko’k, oq, deyarli qora rangda ham ko’p uchraydi.

3. Olimlarning gapiga ko’ra, uzumning to’q ranglilari och ranglilarga nisbatan foydaliroq ekan.

4. Uzumni qadimiy Misrda ham keng miqyosda yetishtirishgan.

5. Uzum qaerda yetarlicha suv va quyosh nuri bo’lsa, o’sib-unaveradi. U joy tanlamaydi.

6. Aytishlaricha, Yevropada — uzumdan faqat sharob tayyorlanadigan mamlakatlarda onkologik xastalikka chalinish xavfi sezilarli darajada kam ekan.

7. Dunyo bo’yicha hisoblaganda, uzumning 10 000 dan ziyod turi bor.

8. Uzum Armanistonning ramzi sanaladi.

9. Uzumning po’stini olib tashlamasdan yeyish kerak. Chunki organizmga foydali hisoblangan barcha vitaminlar uning po’stida bo’ladi.

10. Uzum jigar xastaliklari profilaktikasida ham muhim ahamiyat kasb etadi.

11. Portugaliya va Ispaniyada bir odat bor. Yangi yil kirishiga bir necha daqiqa qolganda, 12 tadan uzum yeb, shu jarayonda 12 tadan tilak tilanadi.

12. Uzum terini yoshartirish xususiyatiga ega. Uning tarkibida antioksidantlar ko’p. Yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Lekin uzum yeyish qandli diabet bilan og’riganlarga tavsiya qilinmaydi.

13. O’t qopida toshi borlar doimiy tarzda har kuni 100 milligrammdan uzum sharbati ichib yursalar faqat foyda qiladi.

14. Bir butilka sharob tayyorlash uchun 600 dona uzum kerak bo’ladi.

15. Uzum immunitetni ko’taradi. Saraton xavfini kamaytiradi. Arterial qon bosimini me’yorda ushlab turadi. Qondagi xolesterinni kamaytiradi.

16. Uzum tarkibida temir, mis, kremniy va yana 100 dan ortiq organizm uchun foydali moddalar, vitaminlar mavjud.

17. Uzum tanasi maksimum 100 yilgacha umr ko’radi.

18. Qandli diabetdan tashqari, oshqozon yarasi, sil kasaliga uchraganlarga uzum faqat ziyon yetkazadi. Shu bilan birga bolalarga ham ko’p uzum berish tavsiya etilmaydi. Uzum bolalarda allergik xastaliklar paydo bo’lishini ta’minlashi mumkin.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading…