ODAM QONI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Qon umumiy vaznimizning 7-8 foiziga egalik qiladi.
2. Faqat odam qonigina qizil rangda. Boshqa jonivorlar qoni esa turli ranglarda bo’ladi. Masalan, o’rgimchak qoni moviy rangda. Dengiz qurtlarining ayrimlari siyohrang qon rangiga ega.
3. Yurak mushagi organizmdagi eng kuchli mushak hisoblanib, qonni 9 metr uzoqlikkacha ota oladi.
4. Har soatda odam organizmidagi qon to’qimalarining 7 milliardga yaqini o’lim topib, ular o’rnini yangisi egallaydi. Qon to’qimalarini iligimiz va qora taloq ishlab chiqaradi.
5. Yurak bir marta urganda, aortaga 130 millilitr qon borib yetadi.
6. Qumursqalar, jumladan, qo’ng’iz va kapalaklar qoni yo umuman rangsiz, yoki och sariq rangda bo’ladi.
7. Odam qonini milligrammigacha ichib yo’q qilish uchun bir milliontadan ortiqroq pashsha zarur bo’ladi.
8. Qon odam organizmi bo’ylab turli tezlikda harakatlanadi. Masalan, arteriyada uning tezligi soatiga 1, 8 kilometrni tashkil etadi.
9. Ayrim jonivorlar qonidan o’zini himoya qilishda unumli foydalanadi. Masalan, shoxdor kaltakesaklar ko’zlarining burchak qismidan 5 metrgacha uzoqlikdagi kushandasiga qon ota oladi.
10. Olimlarning aytishicha, kokosning hali pishmagan yashil turi tarkibi qon plazmasida mavjud barcha moddalarga ega.
11. Yoshi ulug’ odamning organizmida 6 litrgacha qon bo’ladi.
12. O’tgan asrning 90- yillarida «Qur’oni Karim»ning Saddam Husayn qoni bilan bitilgan turi paydo bo’lgan. Saddam Husayn kitob to’liq yozib tugatilishi uchun ikki yil tinimsiz donorlik qilgan ekan.
13. Agar organizmdagi qonning chorak qismini yo’qotsak, hayotimiz jiddiy xavf ostida qoladi.
14. Dahshatli filmlarda yig’laganda ko’zidan yosh o’rniga qon oqayotgan odam obrazi yaratilgan. Aslida bu real hayotda ham kuzatilishi mumkin. Qachonki odam tibbiyotda kam uchraydigan gemolakriya xastaligiga chalinsa, yig’laganda ko’zidan yosh o’rniga qon oqarkan.
15. Yaponlar qon guruhi odam xarakteridan dalolat berishini aniqlashgan. Bunga ko’ra, birinchi guruh qon egalari qat’iyatli, ikkinchi guruh qon egalari indamas, uchinchi qon guruhi egalari aqlli, to’rtinchi qon guruhi egalari xotirjam, og’ir-bosiq bo’ladi. Ular yuqoridagi faktlarga shu qadar qattiq ishonishadiki, kimnidir ishga qabul qilayotganda, albatta qon guruhini tekshiruvdan o’tkazishadi.
16. Qon saqlanadigan ilk bank o’tgan asrning 40- yillarida tashkil etilgan.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…