XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

OLXO’RI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Olxo’ri Xitoyda qish ramzi hisoblanadi.

2. Olxo’ri daraxti 25-30 yil umr ko’radi. Ammo 10-15 yoshdagina meva bera boshlaydi.

3. Olxo’ridan alkogolsiz va alkogolli ichimliklar tayyorlanadi. Alkogolli deganda asosan sharob nazarda tutiladi.

4. Olxo’ri daraxti yoniga pomidor yoki kartoshka ekib bo’lmaydi. Chunki ular olxo’ri uchun o’ta xavfli xastalik virusini tarqatadi.

5. Bolqon yarim orolida qadimda bir an’ana zohir bo’lgan. Agar kimdir gunohlari uchun ruhoniy xudodan avf so’rab berishini istasa, yo’l chetiga olxo’ri daraxti o’tqazishi lozim bo’lgan. Shuning uchun bo’lsa kerak hozir ham Bolqon yarim oroli, ayniqsa, Albaniya va Serbiyadagi yo’llar chetida olxo’ri daraxtlari saf tortib turadi.

6. Olxo’ri bundan 2000 yil oldin paydo bo’lgan.

7. Doimiy ravishda va me’yorida olxo’ri yeb yursangiz, qondagi xolesterin miqdori kamayib boraveradi.

8. Olxo’ri tarkibida minerallar, kaliy, fosfor, magniy, temir moddasi, A, S, Ye vitaminlari ko’p.

9. Olxo’ridan kuchli surgi dori sifatida ham foydalanishadi. Buning uchun 5-7 dona olxo’ri yeb olsangiz kifoya qiladi.

10. Olxo’ri daraxtining barglari tanadagi jarohatlarni tez bitiradi. Buning uchun barglarni maydalab jarohat ustiga bosiladi.

11. Olxo’ri tana haroratini tushirishda ham malinadan sira qolishmaydi.

12. Ayrim olimlarning gapiga ko’ra, olxo’ri saraton xastaligi xavfini kamaytiradi, immunitetni mustahkamlaydi, teri tez qarib qolishiga yo’l qo’ymaydi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading…