* * *
Psixiatr qabuliga ona qizini olib keldi.
Ona:
— Bilasizmi, qizim yurgan yo’lida kulaveradigan bo’lib qoldi.
Vrach:
— Siz qizingizning sochini yanayam qattiqroq turmaklasangiz, nafaqat kuladigan, balki, gapiradigan ham bo’lib qoladi.
* * *
Professor distrofiklar palatasiga kirib dedi:
— Salom, lochinlar!
— Biz lochinlar emasmiz. Hamshira shamollatgichni yoqib qo’ydi xolos.
* * *
Bir kishi kasalxonaga kelib hamshiraga dedi:
— Men bemor Toshmatovni ko’rishim kerak edi.
— Portlagan dinamit ostida qolganmi?
— Ha, o’sha.
— U 23, 24, 25-palatalarda yotibdi.
* * *
Bolakaydan so’rashdi:
— Ayt-chi, eng katta orzuing nima?
— Bizning mahalliy futbol jamoamiz shaxmat bo’yicha jahon chempioni bo’lishini xohlayman.
* * *
Yigit boshlig’i huzuriga kirib dedi:
— Tushdan keyin menga ruxsat berib tursangiz! Tog’am olamdan o’tdi. Ta’ziyasiga bormasam bo’lmaydi.
Ruxsat berildi. Tushdan so’ng boshliq o’yingohga kelib o’rindiqqa o’tirsa, yonida ishdan ruxsat so’ragan yigit o’tiribdi.
— Ie, bu yerda nima qilayapsan? Tog’angning ta’ziyasiga ketmadingmi?
— Ozgina sabr qiling! Hali o’yin tugasin, ko’rasiz… Tog’am shu matchda hakamlik qilayapti.
* * *
Futbol musobaqasi vaqtida tomoshabinlarning biri bolakaydan so’radi:
— Shunday qimmat chiptani qaerdan olding?
— Dadam olib berdi.
— Dadangning o’zi qani?
— Uyda chiptasini izlayapti.
* * *
Ikki chukcha o’tirib olib bombani maydalayapti. O’tkinchi dedi:
— Vey, jinnimisanlar? Hozir portlab ketadi-ku!
— Hechqisi yo’q. Portlab ketsa, bizda yana bitta bomba bor.
* * *
Chukcha «KAMAZ sotib oling!» qabilidagi reklamalarni ko’raverib, oxiri shu mashinani sotib olishga ahd qildi. Atayin Moskvaga borib KAMAZ sotib oldi va bir yildan so’ng uyga mashinasiz qaytdi. Undan hamqishloqlari so’rashdi:
— Ie, mashina qani?
— E, yaxshi ekan-ku, lekin itlarim darrov charchab qolisharkan.
* * *
Chukcha kitob do’koniga kirib sotuvchiga dedi:
— Menga aqlli chukcha to’g’risidagi kitobingizni ko’rsating!
— Unday kitoblar fantastika bo’limida bo’ladi.
* * *
«Chukcha-film» kinostudiyasi urush to’g’risida yangi filmni suratga olayapti.
Eshik taqilladi.
— Kim u?
— Gestapo!
— Nima kerak?
— Partizan kerak.
— Qanaqa partizan?
— Oleg Koshevoy degan.
— U o’rmonga varaqa tarqatish va ko’prikni portlatish uchun ketgan.
— Unda kelsa: «Gestapo kelib seni so’radi”, deb qo’ying!
loading…