XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

MUZQAYMOQ HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Arxeologlarning aytishicha, muzqaymoq 4000 yil oldin qadimiy Xitoyda paydo bo’lgan.

2. Dunyoda muzqaymoqning uchta turi mashhur. Ular vanilinli, shokoladli va qulupnayli muzqaymoq hisoblanadi.

3. Qadimda Rossiyada muzqaymoqni asosan qishda tayyorlashgan. Muzqaymoq sutga asal aralashtirib, keyin muzlatib qo’yilgan.

4. Meksikada achchiq qalampirli muzqaymoqni sevib iste’mol qilishadi.

5. Venesuelada sabzili, pivoli, qisqichbaqali, pomidorli, cho’chqa go’shti qo’shilgan muzqaymoqlar tayyorlovchi kafe faoliyat yuritadi.

6. Amerikada har bir odam yiliga 20 kilogrammdan ko’proq muzqaymoq iste’mol qiladi.

7. Portugaliyada itlar uchun maxsus muzqaymoq tayyorlanadi.

8. Dunyodagi eng qimmat muzqaymoqni Nyu-Yorkdagi restoranlarning birida sotishadi. Bu muzqaymoqqa yesa bo’ladigan holatdagi oltin qo’shiladi. Bahosi esa 25 ming dollar turadi.

9. Napoleon davlat to’ntarishidan so’ng Ilohiy Yelena oroliga surgun qilingach, unga muzqaymoq tayyorlanadigan uskuna keltirib berishgan.

10. 2011 yili Kanadada dunyodagi eng katta tort-muzqaymoq tayyorlangan. Uning vazni 10 tonnaga teng bo’lgan va Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan.

11. Yozuvchi Anton Chexov muzqaymoqni qattiq sevgan. Aytishlariga qaraganda, u boyligining yarmini faqat muzqaymoqqa sarflagan ekan.

12. 2002 yili Chilida ko’chada muzqaymoq sotib yuradigan erkakni qo’lga olishgan. Chunki u muzqaymoq ishlab chiqaruvchilarning mijozlarini tortib olib, bozorini kasod qilgan ekan. Bilasizmi nega? Chunki u muzqaymoqqa kokain aralashtirarkan.

13. Muzqaymoqdagi zichlik holati havodan tashkil topgan. Agar shu havo chiqarib tashlansa, uni tishlab yeyish xuddi g’ishtni tishlash kabi qiyin va og’riqli kechadi.

14. 19-asrga qadar muzqaymoq yeyish faqat boylargagina nasib etgan. Asr boshida Londonda yashovchi bir yigit uyidagi muzlatkichni ko’chaga olib chiqqan va muzqaymoq tayyorlab arzon bahoda pullay boshlagan. Shundan keyingina muzqaymoq yeyish baxti kambag’allarga ham nasib etgan.

15. Amerika sobiq prezidentlaridan biri Bill Klinton kechalari muzqaymoq yemasa, uxlay olmas ekan.

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading…