XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

LO’LILAR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Ilmiy jihatdan olib qaraganda, lo’li degan xalqning o’zi yo’q. Ularni turli mayda millatlardan tashkil topgan deya hisoblanadi.

2. Tarixiy ma’lumotlarga nazar tashlaydigan bo’lsak, lo’lilar eramizdan avvalgi uchinchi asrda Hindistondan tarqalib, Persiya, Misrgacha yetib borgan.

3. Lo’lilar dunyoning hamma burchagida bor. Ayniqsa, ular Amerika, Braziliya, Ispaniya, Bolgariya va Argentinada ko’pchilikni tashkil etadi. Kanada, Serbiya, Slovakiya, Bosniya, Gersegovinada ham lo’lilarni ko’p uchratish mumkin.

4. Hindistonning o’zida hozir qachonlardir Persiyadan qaytib kelgan lo’lilar yashaydi. Hindlar qarshisida lo’lilar alohida avtoritetga ega. Hindistonliklar ularning rangi oqqa moyilligidan faxrlanishadi.

5. Angliyada Smit familiyali lo’li yashaydi. Aytishlaricha, inglizlar Hindistonni bosib olgach, lo’lilarni ham madaniylashtirish harakatiga tushgan. Shunda lo’lilar ommaviy tarzda familiyasini Smit qilib o’zgartira boshlagan.

6. Lo’lilarning Yevropada yashaydigan qismi ashula aytish va raqs tushishni qoyillatadi. Lekin yevropaliklar buni dangasalik oqibati sifatida salbiy baholaydi.

7. Angliyada yashovchi lo’lilarning aksariyati allaqachon otdan voz kechib g’ildirakli uylarda yashay boshlagan. Bu uy bilan ko’chmanchilik qilish ularga yengil kecharkan.

8. Qachonlardir yevropaliklar lo’lilarga maxsus hujjat berishgan. Bu hujjat pasport o’rnida bo’lsa-da, lo’liga tilanchilik qilish huquqini ham berardi.

9. Lo’li qiz 14 yoshda balog’atga yetgan deb hisoblanadi. Shu yoshda qanday tantanali tadbir bo’lishidan qat’i nazar lo’li qiz tantananing boshidan oxirigacha raqs tushadi. Shu tobda voyaga yetgan yigitlarning otasi kelin tanlayapti deb hisoblashadi.

10. Agar lo’li qiz 19 yoshga qadar turmushga chiqmasa, qariqiz deb tan olinadi.

11. Yevropadagi lo’lilarda qizning otasi yoki aka-ukalari kuyov tarafdan qalin sifatida kilolab oltin olishadi.

12. Bir davlatda yashayotgan lo’li boshqa davlatda yashaydigan lo’li bilan hayotda quda bo’lmaydi.

13. Lo’lilar bolasini maktabga faqat o’qish va yozishni o’rganishi uchun yuboradi. Uchinchi sinfdan keyin esa bola maktabni tashlab ota-onasiga savdogarlikda yoki tilanchilikda yaqindan yordam beradi.

14. Agar lo’lining uyi ikki qavatli bo’lsa, lo’li ayol erkak birinchi qavatda turgan vaqt yuqori qavatga chiqa olmaydi. Lo’li ayollarga bunday huquq berilmagan.

15. Lo’lilarda ichki sud mavjud. Agar mahallasida kimdir ayb ish qilsa, sud hay’ati to’planib aybdorga jazo belgilaydi. Eng shafqatsiz jazo mahalladan aybdorni haydab solish hisoblanadi.

16. Yevropa davlatlarida yashovchi lo’lilarning dafn marosimi ham juda dabdabali kechadi. Ota-onaning o’limligi uchun bolalari bir umr pul yig’adi. Mabodo pul yig’ilmay turib ota-ona o’lim topsa, qarindosh-urug’lab pul yig’ib dafn marosimini o’tkazadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading…