BILASIZMI…

 

Ma’lum bo’lishicha, hozir ham Gitlerdan pensiya olishda davom etayotgan odamlar bor ekan. Masalan, 2018 yili Belgiyada yashovchi 27 nafar odamning Gitler tayin etgan pensiyani olishda davom etgani ma’lum bo’ldi. Pensiyalar miqdori oyiga 425 dan 1275 yevrogachani tashkil etgan.

Ma’lum bo’ldiki, harbiylar uchun to’lanadigan pensiyalar 1941 yili Adolf Gitler tarafidan joriy etilgan. Pensiya Belgiyadagi aynan Gitlerga sodiq qolishga qasam ichgan harbiylarga berilgan. Potsdam konferensiyasi qaroriga ko’ra, Gitlerning amaliy kuchga ega barcha farmonlari bekor qilingan. Lekin pensiya bular qatoriga kiritilmadi. 1949 yili Germaniya federativ respublikasi Uchinchi reyx merosxo’ri huquqiga ega bo’ldi. Shundan keyin Gitler va fashistlar Germaniyasi bilan hamkorlik qilgan, unga xizmat qilganlikda ayblanib sudlangan 80 mingdan ziyod belgiyalikning 38 ming nafariga Gitler pensiyasini olishda davom etish huquqi berildi. O’sha huquqqa egalik qilganlar hozirgi kunda juda kam qolgan. Biroq ularga Gitlerning sadoqatli harbiylar uchun tayin etgan pensiyasi berib kelinmoqda.