XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

TULKI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Biologlarning fikricha, tulki it, bo’ri va chiyabo’rilarning qarindoshi ekan.

2. Yoshi ulug’ tulkining sof vazni 3-4 kg dan 6-7 kg gacha yetadi.

3. Tulki aksar holatlarda yolg’iz hayot tarzini kechiradi. Shuning uchun ham yovvoyi tabiat qo’ynida tulkilar galasi ko’zga tashlanmaydi.

4. Tirnoqlari uzun va o’tkirligi tulkiga daraxtda shoxdan-shoxga sakrashda asqotadi. Ayrim vaziyatlarda tulki baland devorlarga ham tirnoqlari yordamida tirmashib chiqa oladi.

5. Tulki kunduziga qaraganda kechasi yaxshiroq ko’radi. Shu sababli bo’lsa kerak asosan tunlari ovga chiqadi.

6. Bu jonivor juda qiziquvchan. Har bir masalaning tagiga yetishni xush ko’radi.

7. Amerika taraflarda tulkilar golf o’ynaladigan maydonga bildirmasdan kirib borib golf koptokchalarini o’g’irlab qocharkan.

8. O’tgan asrning oltmishinchi yillarida tulkining qo’lga o’rgatsa bo’ladigan turi yaratilgan.

9. Tulkining ayrim turlari -70 daraja sovuqqa ham chidamli bo’ladi. Janubiy hududlarda yashovchi tulkilar shimoldagi qarindoshlariga nisbatan maydaroq bo’ladi.

10. Shimolda yashovchi tulkilar asosan yoz oylarida nikoh mavsumini boshdan kechiradi.

11. Tulki quturish xastaligini tarqatuvchi yagona hayvondir.

12. Tutqunlikda tulki 25 yilgacha umr ko’radi. Yovvoyi tabiat qo’ynida esa nari borsa 7-8 yil yashay oladi xolos.

13. Tulki kechasi uxlaganda, ustini o’zining uzun dumi bilan yopib oladi. Dum jonivorga tunni sovqotmasdan o’tkazishda yordam beradi.

14. Tulki yugurganda, tezligi soatiga 50 km gacha yetadi.

15. Dunyo bo’yicha tulkining 11 tagina turi mavjud.

16. Tulki inining chuqurligi uch metrgacha bo’ladi. Lekin tulki o’z qo’llari bilan in qazishni sira xush ko’rmaydi. Shuning uchun yer ostida yashovchi boshqa jonivorlar qazigan inni bir yo’lini topib o’ziniki qilib oladi.

17. Tulki sichqon bir metr qalinlikdagi qor ostida chiyillasa ham darrov eshita qoladi. Darvoqe, tulkilar asosan sichqonlar, mayda hashoratlar bilan oziqlanadi. Yemish topilmay qolgan paytlarda ko’katlar, o’simliklar yeyishi mumkin.

18. Tulki qirqtaga yaqin tovushlar chiqara olish xususiyatiga ega.

19. Tulkining erkagi urg’ochi bilan birga tug’ilgan farzandlarini tarbiya qiladi, boqadi.

20. Tulki anhor va daryolarda baliq ovlashga ham ustasi farang.

21. Tulkining erkagi urg’ochini talashib bir necha raqiblar bilan olishadi. Bu olishuvda eng kuchli emas, balki eng aqllisi g’olib bo’ladi va urg’ochiga egalik huquqini qo’lga kiritadi.

22. Nikoh mavsumida erkak va urg’ochi tulki ikki oyoqda turgan holda o’ziga xos raqs ijro etadi.

23. Tulkining asosiy kushandalari bo’ri va burgutlardir. Ammo bu jonivor o’tkir aqli hamda daraxtdan daraxtga sakrab yura olish xususiyati tufayli kamdan-kam hollarda dushman qo’liga tushadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading…