Tushkunlikdan chiqishning 15 usuli

Inson borki, o’z hayotining ma’lum kunlarida tushkunlik holati va stressni boshdan kechiradi. Mazkur tavsiyalar esa sizga ana shu holatlar bilan kurashish uchun yordam bersa ajabmas. Qolaversa, ular orasidagi ayrim maslahatlar boshqalarning ruhiyatini o’rganib olishingiz uchun ham ko’maklashadi.

Bir guruh insonlar umumiy narsa haqida kulayotgan paytlari har bir inson tabiiy tarzda o’ziga ko’proq yoqadigan, yaqin insonga aylanishni istaydigan yoki yaxshi ko’radigan odami tomonga qaraydi.

Jiddiy ishni boshlashingiz kerak bo’lsa-yu, asabiylik holatidan qutula olmasangiz, saqich chaynang. Bu insonning tinchlanishi uchun yordam beradi, ong tanovul paytida odamning xavfsiz holatda ekanligini qabul qiladi va asabiylik holati bartaraf etiladi.

Biror inson jahl va g’azab holatida sizga qattiq ovoz bilan gapirib yuborsa, unga javob qaytarmang. Tinch holatni saqlang, balki bu suhbatdoshingizni yanada jazavaga tushirib qo’yar, ammo tinchlanib olgach, tabiiy ravishda aybdorlik hissini tuyadi.

Agar suhbatdoshingizning biror javobi sizni qoniqtirmasa yoki savolingizga to’liq javob bermaydigan bo’lsa, ortiqcha savol bermang. Ko’zlariga diqqat bilan qarab turing, bunday vaziyatda u suhbatni davom ettirishga majbur bo’ladi.

Ruhshunoslarning aytishicha, hissiyotlarimiz mimikaga ta’sir qilish bilan birga buning aksi ham bo’lishi mumkin ekan. Agar o’zingizni baxtli his qilmoqchi bo’lsangiz, imkon qadar kulib turing. Oqibatda tabassumingiz samimiy kulgiga aylanadi.

«Menimcha» va «O’ylashimcha» so’zlarini gap boshida kamroq ishlating. Bu insonning o’z so’ziga unchalik ham ishonmasligi, jumlaning shubha ostida ekanligini bildiradi.

Muhim uchrashuv oldidan suhbatdoshingizni eski do’stingiz deya tasavvur qiling. Ana shunda o’zingizni erkinroq his qilishingiz va kamroq xavotirlanishingiz mumkin bo’ladi.

Agar biror insonni ko’rgan paytda sal bo’lsa ham shod ekanliginingizni bildirib qo’ysangiz, vaqti kelib o’sha odamni haqiqiy xursandchilik bilan kutib oladigan bo’lasiz.

O’zingizdagi ta’sirchanlikdan qutulish uchun harakatga kirishing. Ruhshunoslarning aytishicha, insondagi ortiqcha bezovtalikdan xalos bo’lishni asta-sekinlik bilan o’rganish va sun’iy ravishda shakllantirish mumkin.

Stressning jismoniy belgilari ko’p jihatdan shodlik holatiga o’xshaydi: nafas olishi og’irlashadi, yurak urishi tezlashadi va hokazo. Shu sababli ham ozroq harakat bilan stressning o’rnini shodlikka almashtirish mumkin.

Odatda, insonlar boshqa odamdagi o’ziga bo’lgan ishonch va biror ishni yaxshi bilish tajribasi farqini ajrata olishmaydi. Shu sababli sizni tanimagan inson tasavvurida o’ziga ishongan kishi qiyofasini gavdalantira olsangiz, u sizni boshqalardan tajribali va bilimli deb biladi.

Odamlar bilan ishlaydigan kasb egasi bo’lsangiz, ishxonangizga ko’zgu joylashtiring. Inson hamisha o’z aksini chiroyli va xushmuolama qiyofada ko’rishni istaydi.

Majlis payti biror odam sizni tanqid qilishi haqida bilsangiz, unga yaqinroq o’tirib oling. Bu kishilar orasida ko’rinmas iliqlik hosil qiladi, tanqidlar ham ayovsiz bo’lmaydi.

Ilk bor uchrashuvga chiqayotganda chiroyli va yoqimli joy tanlang. Bunday maskan kishida ijobiy hissiyotlarni paydo qiladi, keyinchalik hududdagi ijobiy hissiyotlar sizning qiyofangizni gavdalantiradigan bo’ladi.

Ilk bor biror inson bilan tanishgan paytda uning ko’zlariga qaraganda qorachiqlariga diqqat qiling. Ko’zlar to’qnash kelganda, qarshingizdagi insonda sizga nisbatan ishonch hissi paydo bo’ladi.

Internet materiallari asosida KARIMAXON
tayyorladi.

loading…