OLChA HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Olchaning asl vatani Kavkaz, Qrim hisoblanadi. U yerdan Rimga, keyinchalik butun Yevropaga tarqalgan.
2. Yaponiya, Shimoli-g’arbiy Xitoy, Himolay tog’lari, Uzoq Sharqda olchaning yovvoyi turlari o’sadi.
3. Olcha sovuqqa chidamli. Olcha daraxtining bo’yi ikki metrgacha yetadi.
4. Eramizdan avvalgi uchinchi asrda vrach Sifinius olchani shifobaxsh meva sifatida ta’riflagan.
5. 1569 yili Germaniyada «Salomatlik bog’i» degan tibbiy maqolalar jamlanmasi chop etilgan. Xuddi shu jamlanmada olchaga alohida o’rin berilgan.
6. Olchaning danagi tarkibida 25-35 foiz efir moyi, glikozid amigdalin mavjud.
7. Olcha ishtahani yaxshilashda muhim ahamiyatga ega. Organizmdan zararli moddalarni siqib chiqarishda ham olchaning foydasi katta.
8. Dorishunoslikda olcha siropidan dori vositalarining mazasini yaxshilash maqsadlarida foydalanishadi.
9. Olcha tarkibida «R» vitaminlar jamlanmasi bo’lib, undan yurak qon-tomir xastaliklari profilaktikasida unumli foydalaniladi.
10. Olcha danagini keragidan ko’p yeyish tavsiya etilmaydi. Me’yordan oshsa, odam zaharlanishi mumkin.
11. Olcha tarkibidagi melatonin kechasi uyqusizlikdan asray oladi.
12. Olcha tarkibida fitonsidlar ko’pchilikni tashkil etadi. Ular tibbiyotda antibiotik vazifasini o’taydi. Bakteriya va xavfli viruslarni o’ldirishda yordam beradi.
13. Agar boshingiz qattiq og’riyotgan bo’lsa, aspirin ichishga shoshilmang. 20 dona olcha yeb oling. U aspirin o’rnini bosa oladi.
14. Hozirgi kunda dunyo bo’yicha olchaning 60 taga yaqin turi bor.
15. Olcha olxo’rining qarindoshi sanaladi.
16. Olchaning ayrim navlarini umuman yeb bo’lmaydi.
17. Bitta olcha daraxtida taxminan 7000 tacha meva bo’ladi.
18. Rossiyaning Vladimir shahrida olchaga yodgorlik o’rnatilgan.
19. Turkiya dunyoda olcha yetishtirish bo’yicha birinchi o’rinni egallaydi. Har yili bu mamlakatda 400 000 tonna olcha terib olinadi.
20. Qadimiy Rusda gullayotgan olcha kelinlik timsoli sifatida qabul qilingan.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…