* * *
Yoshi ellikdan oshgan erkak uyi eshigini taqillatdi. Ostonada paydo bo’lgan xotini uni ko’rib javray ketdi:
— Ha-a, qari tulki, qaerlarda yuribsiz? Yana yarim kechagacha ichgansiz, ulfatlaringiz bilan mushtlashgansiz, hoynahoy menga xiyonat qilgansiz-a, shundaymi? Gapiring!..
Erkak boshini eggan ko’yi javob qildi:
— Yo’q, xotin, dorixonada qulog’im uchun eshitadigan moslama olishga navbatda turgandim.
* * *
— Dadasi, nega hadeb menga it bilan muomala qilganday munosabatda bo’laverasiz? Uni olib kel, buni olib bor!.. Nima men sizga itmidim?
— Kim seni itga teng qilyapti?
— Hozir manavi tayoq bilan bir tushiraman, bilasiz-qo’yasiz!
— Xotinjon! Tayoqni tashla! Xotin, FU!
* * *
— Qish yomon-da! Mashinaning qulfigacha muzlab qolyapti. Sira ocha olmayapman.
— Qaynagan suv quyib ko’r.
— Ie, jinnimisan? Endi mashina o’g’irlashga qo’limda choynak bilan borishim qoluvmidi?
* * *
Ikki jinni dalada ketishayotgandi. Nariroqda boshqa bir jinni qo’llarini uyoqdan-buyoqqa silkitib, o’zini xuddi suvda suzayotgandek tutardi. Jinnilardan biri sherigiga dedi:
— Qara, shunaqalarning dastidan hammani jinni deb o’ylashadi.
— Ha, agar suzishni bilganimda-ku, hozir cho’ktirib yuborgan bo’lardim uni.
* * *
— Dadasi, sizga ikkita yangiligim bor. Biri yomon, ikkinchisi yaxshi.
— Yomonini ayt.
— Men homiladorman!
— Yaxshisi-chi?
— Voy, qo’rqmang, bola sizniki emas.
* * *
Kampir poliklinikaga keldi. Qarasa, yo’lakda oq xalat kiygan yigit turibdi. Unga murojaat qildi:
— O’g’lim, ko’zim o’tmayapti. Quloq degani qaerda o’zi?
— Quloqmas, otolaringolog. Hov anavi eshikka kirasiz.
Birozdan so’ng kampir yana uning oldiga qaytib keldi.
— O’g’lim, ko’z qaerda?
— Ko’z emas, okulist. Hov ana, ko’k eshik.
Oradan yarim soatlar o’tib kampir tag’in o’sha yigitga ro’para keldi.
— Bolam, sen o’zi kim bo’lib ishlaysan?
— Onajon, sizning tilingizda nima deyiladi, bilmadim-u, men ginekologman.
* * *
General harbiy qism hovlisida sayr qilib yurgan askardan so’radi:
— Nega ishsiz yuribsiz? Xizmatga chaqirilmasingizdan avval kim bo’lib ishlagansiz?
— Savdo firmasi direktori edim.
— Qo’l ostingizda necha kishi ishlardi?
— O’n kishi.
— Xo’p, o’shalardan birontasi ishlamay o’tirgan bo’lsa, qanday chora ko’rgansiz?
— O’sha zahoti ishdan bo’shatib yuborganman.
* * *
Talaba do’stining ustidan bir kulmoqchi bo’lib u kelib o’tiradigan kursiga bo’yoq surib qo’ydi. Do’sti kirib kelib so’z qotdi:
— Og’ayni, men…
— Avval o’tir.
— To’g’risi, men senga…
— O’tirsang-chi!
Ikkinchi talaba joyiga o’tirgach, so’radi:
— Xo’sh, nima demoqchi eding?
— Bugun sening shimingni kiyib kelgandim.
* * *
— Dada, nega oyimga uylangansiz?
Ota xotini tomonga o’girildi-da, g’udranib qo’ydi:
— Ko’rdingmi, xotin, senga nima uchun uylanganimni hatto bolayam tushunmayapti!
* * *
Starshina oddiy askarni urishyapti:
— Seni uch marta chaqirtirdim. Nega kelmading?
— Men qo’ng’iroqni eshitmay qolibman.
— Nimaga tez kelib qo’ng’iroqni eshitmay qolganing haqida hisob bermading?
loading…