XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

ChIYaBO’RI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Chiyabo’ri u qadar yirik bo’lmagan, o’rtacha hajmga ega jonivor. U haqiqiy bo’rining yarmicha keladi. Oddiy chiyabo’rining uzunligi dumsiz holatda 80 sm, vazni 7-10 kilogramm atrofida bo’ladi.

2. Chiyabo’ri asosan Afrika, janubi-sharqiy Yevropa va O’rta Osiyoda yashaydi.

3. Chiyabo’ri o’rtacha 10-12 yil umr ko’radi.

4. Chiyabo’rilar galasi asosan 10-30 ta a’zodan iborat bo’ladi.

5. Uning oyoqlari juda baquvvat. Shu sababli tez yugura oladi.

6. Chiyabo’ri soatiga 16 km tezlikda to’xtamasdan uzoq masofaga yugurib bora oladi.

7. Chiyabo’rilar o’rmonga yaqin yerlarda asosan ohularni tutib yeydi. Galasidagi qaysidir a’zoga begona hayvon hujum qilsa, birgalikda uni himoya qiladi.

8. Chiyabo’rilar bir-biri bilan hurish, uvillash va boshqa tovushlar yordamida tillashadi.

9. Chiyabo’ri o’laksaxo’r hisoblanadi. Ammo sabzavot, mevalarni ham ko’rdim demaydi.

10. Chiyabo’ri urg’ochisining homiladorlik davri 2 oy davom etadi. U 2-4 ta atrofida bo’rivachchalarni dunyoga keltiradi.

11. Bola boqayotgan urg’ochi chiyabo’ri bolalariga vahshiy hayvonlar xavf solmasligi uchun har ikki haftada yashash joyini o’zgartirib turadi.

12. Chiyabo’rining endi tug’ilgan bolasi 10 kun deganda ko’zlarini ochadi.

13. Janubiy Afrikada yashovchi chiyabo’rilar yemish topolmasa, uzoq vaqt maysa yeb ham tirikchilik qila oladi.

14. Bo’rivachcha tug’ilib, ikki oylik bo’lgach, to olti oylikkacha onasi qush, hayvon go’shtini berib boqadi. Olti oylikdan keyin bo’rivachcha qornini o’zi to’ydirishi kerak bo’ladi.

15. Chiyabo’rining ayrim turlari zaharli ilonlarni ham yeb bitira oladi.

16. Chiyabo’rilar sovuqni yomon ko’radi. Shuning uchun qish faslida yer ostiga qurilgan inidan deyarli chiqmaydi.

17. Chiyabo’rining erkagi sadoqatda rosmana erkak desa mubolag’a bo’lmaydi. U bir urg’ochini tanladimi, tamom, umrining oxirigacha boshqa urg’ochiga qaramaydi.

18. Chiyabo’rini xuddi it kabi qo’lga o’rgatsa bo’ladi. O’rgata olsangiz, u uyingizni itdan ham yaxshiroq qo’riqlaydi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading…