Barchaga birdek yoqishning imkoni bormi?

Barchaga birdek yoqishning imkoni bormi?

Atrofdagi odamlar bilan muloqot qilishdan qanchalik qochmang, baribir ushbu masala qarshingizga kelaveradi. Hayotda shunday vaziyatlar juda ko’p bo’ladiki, siz insonlar bilan suhbat qurishingiz, ularni tinglashingiz, aloqa qilishingizga to’gri kelaveradi. Ular bilan muloqot qilish jarayonida esa hamisha fikrlarimizning ma’qullanishi, ularga yoqishni istaymiz va buning uddasidan chiqishga urinamiz.

Bugungi kunda barchaga yoqishning usullari haqida hikoya qiluvchi qo’llanmalarning son sanog’i yo’q. Ularning omma e’tiborini jalb qilishi va katta qiziqish bilan kutib olishini ham ruhiyatdagi o’zgalarga yoqish istagi bilan izohlash mumkin.

Barchaga birdek yoqishning imkoni bormi?

Ushbu qo’llanmalarda keltirilgan tavsiyalarni amalda qo’llash chog’ida muvaffaqiyatsizliklarga ham duch kelish holatlari kuzatilib turadi. So’zlagan gapingizning boshqalar tomonidan noto’g’ri qabul qilinishi, sizga nisbatan noto’g’ri fikr bildirishlari ham kayfiyatingizga ta’sir ko’rsatmasdan qolmaydi.
1.       Sizni tinglayotgan odamga yetkazib beryotgan so’zlaringizga katta diqqat qaratib yubormang. Aslida so’zlar yetkaziladigan ma’lumotning  atigi to’rtdan bir qismini tashkil etadi, qolgan ma’no esa holat, mimika, intonatsiyava pauzalar orqali yetkazib beriladi.

2.       Harakat ko’p hollarda aytilayotgan gapning teskarisini ko’rsatib beradi. Agar sizga muhabbat va do’stlik haqida so’zlab, og’ir pallada tashlab ketsalar, bunday munosabatdan voz kechib qo’ya qolgan yaxshi emasmi?

Barchaga birdek yoqishning imkoni bormi?

3.       Barchamiz ma’lum bir so’zlarni eshitish va ma’lum bir so’zlardan qochishga intilamiz. Ayrim so’zlar sizni bir soniya ichida hafa qilishi, yana ayrimlari esa bir soniya ichida ko’ngilni tog’day ko’tarib yuborishi mumkin. Shu bois suhbatdoshingiz sizga nisbatan noto’g’ri so’z qo’llasa, uni darxol ranjitishga urinmang. U bu so’zni sizni hafa qilish niyatida aytmagan bo’lishi mumkin.

Barchaga birdek yoqishning imkoni bormi?

4.       Tan olish kerakki, barchaga birdek yoqish butkul imkonsiz. Buning uchun harakat qilib o’zingizni qiynab,azoblashingiz kerak emas. Atrofdagilarning siz haqingizdagi fikrlarini hisobga olib qo’yingu ko’ngilga yaqin olmang. Bu holatingiz, ruhiyatingiz va kayfiyatingizga kuchli  ta’sir ko’rsatadi. O’zingizga bo’lgan ishonchingizni ham susaytirishi mumkin. O’zingizga muhim insonlarga esa sezdirmasdan moslashishni o’rganing.

Barchaga birdek yoqishning imkoni bormi?

5.       Kimnidir fikrini tinglashni istasangiz- yaqinlaringizni tinglang. Ota-onangiz, aka-uka, opa-singlingiz turmush o’rtog’ingiz fikri bilan qiziqing, qolganlari esa ahamiyatsiz.

Barchaga birdek yoqishning imkoni bormi?

6.       Boshqalarga yoqish siz uchun majburiyat emas!

 

7.       Ba’zan yangi ishga joylashayotgan paytda, omadli insonlar bilan hamkorlikni boshlashda ularda yaxshi taassurot qoldirishga harakat qilasiz. Shunday paytlarda o’zingizni haddan ortiq hayajonlangan ko’rinish orqali ham sotib qo’yishingiz mumkin. Boringizcha bo’ling, biroq hatti-harakatlarni ham oshirib yubormang.

loading…

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *