XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

QO’TOS HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Qo’tosni aslida go’sht emas, sut uchun boqishadi. Ammo Afrikada hanuz qo’toslar yovvoyi va erkin hayot tarzini kechirishadi. Ularni qo’lga o’rgatib bo’lmaydi.

2. Qo’tosning erkagidagina yirik shoxlar mavjud. Urg’ochining shoxlari maydaroq bo’ladi.

3. Osiyo qo’toslarini suv qo’toslari deb atashadi. Chunki ular yovvoyi tabiat qo’ynida yashash jarayonida o’zlari uchun faqat suv havzalari yaqinidagi manzillarni makon tutishadi.

4. Xonakilashtirilgan Osiyo qo’tosining sof vazni o’rtacha 1 tonnaga teng.

5. Afrika qo’toslari Osiyodagiga nisbatan ancha yirik bo’ladi. Shu narsa ham ularni xonakilashtirish imkonini bermaydi.

6. Qo’tos urg’ochisining homiladorlik davri 10-11 oy davom etadi.

7. Qo’tos yugurganda, tezligi soatiga 50 kilometrgacha yetadi.

8. Qo’tos juda ayyor jonivor. Agar yaralansa, o’zini o’likka solib yotadi. Dushman yaqin kelgach, kutilmaganda hujumga o’tadi.

9. Qo’tosning yangi tug’ilgan bolasi to’rt soatdan so’ng mustaqil oyoqda tura oladi.

10. Afrikada qo’toslar hayvonlarga qaraganda odamlarni ko’proq o’ldirib ketadi.

11. Qo’tosning suti sigirnikiga o’xshaydi. Lekin sigirnikidan yog’liroq bo’ladi.

12. Qo’tos qarigan sari jun tashlab boradi. Rosa qarib qolgan mahal ustida umuman jun degan narsaning o’zi qolmaydi.

13. Qo’tosning ko’rish imkoniyatlari yaxshi emas. Ammo hid olish qobiliyatiga gap yo’q. Dushmanini yoki o’ljani juda uzoq masofadan turib aniqlay oladi.

14. Qo’tos erkagining bo’yi kamolga yetgan payt ikki metrni, tana uzunligi 3 metrni tashkil etadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…