* * *
— Dada, go’sht yesa odam qarib ketadimi?
— Ha, lekin faqat 80 yoshdan keyin qariydi.
— Go’sht yemasa-chi?
— Unda 40 yoshdan keyin qariydi.
* * *
Qari yevrey Zags bo’limiga kelib ism-familiyasini o’zgartirishlarini iltimos qildi. Zags xodimi undan so’radi:
— Nima zarurati bor? Baribir yaqin orada haligiday… Narigi dunyoga ravona bo’lsangiz…
— Bilaman, ammo yaqinda eski qabrtosh topib olgandim. Shunchaki tashlab yuborgim kelmayapti.
* * *
Er atayin asabiga tegish uchun xotinining savollarini takrorlay boshladi:
Xotin:
— Ovqatlandingizmi?
Er:
— Ovqatlandingizmi?
Xotin:
— Asabimga tegmang!
Er:
— Asabimga tegmang!
Xotin:
— Sizni sevaman, jonim!
Er:
— Ovqatlandim, xotin, ovqatlandim!
* * *
Gul do’konida.
— Singlim, menga ikki dona atirgul bering!
— Nima, boshingizga kulfat tushdimi?
— Yo’q, xotinim ikkita.
* * *
Hasadgo’y vafot etish pallasida yaqinlarini chaqirib dedi:
— Uka, esingdami, seni sevimli ishingdan haydashgandi. Men boshliqlaringni shunga ko’ndirgandim. Singlim, eslaysanmi, bir paytlar seni militsionerlar qamab qo’yishgan? O’shandayam men sababchi bo’lgandim. Kechiringlar! Iltimos, o’lganimdan keyin oyog’imni yerga qaratib qandilga osib qo’yinglar!
Erkak olamdan o’tdi. Yaqinlari uni vasiyat qilganidek, oyog’ini yerga qaratgan holda qandilga osib qo’yishdi. Shu tobda eshik sharaqlab ochilib, militsionerlar kirib kelishdi.
— Hozirgina bizga shikoyat qilishdi. Shikoyatda aytilishicha, marhumning murdasi qandilga osib qo’yilibdi. Murdani masxaralayotgan ekansizlar!
* * *
Yigit xunukkina bir qiz bilan liftda qamalib qoldi. Qiz dedi:
— Menga qarang, agar menga teginsangiz, baqiraman!
Yigit:
— Men ham!
* * *
Qaynona kelinini urishyapti:
— Pol yuvishni, uy yig’ishtirishni bilmaysan. Pishirgan ovqatingni yeb bo’lmaydi. Sening yoshingda…
— Oyijon, mening yoshimda-chi, siz uch erni yerga qo’yib ulgurgansiz.
* * *
Nazorat ishi yozish paytida sakkizinchi sinf o’quvchisi partadoshini turtib dedi:
— Muallimamiz ja ketvorgan-a?
Shunda muallima tanbeh berdi:
— Toshmat, hadeb pichir-pichir qilaverma! Eshmatning o’zi hammasini yaxshi biladi.
* * *
— Azizim, sizga meni Xudoning o’zi yuborgan-a?
— Ha, shunday. Ammo qaysi gunohlarim uchun yuborgan ekan? Sira tushunmayman.
* * *
Katta ko’cha yuzida behush erkak yotibdi. Unga turli millat vakillari turlicha munosabatda bo’lishadi. Masalan:
O’zbek ayoli:
— Molday ichibdi-ya, yaramas! Yotishini qaranglar! Uyda bolalari och o’tirgandir!?.
Nemis ayoli:
— Voy, manavi odam o’zini yomon his qilyapti! «Tez yordam» chaqiringlar!!!
Fransuz ayoli:
— Ie, bu erkak kimga qarashli ekan-a? Hech kimga? Taksi! Taksi!