Alisher Usmonov ilk bor uning merosxo'ri kim bo'lishini aytdi

Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Financial Times gazetasiga bergan intervyusida uning vafotidan so’ng boyliklari kimga qolishi mumkinligi haqida so’zlab berdi.

Suhbat chog’ida jurnalist Usmonov meros qoldirish masalasini qanday hal qilishi bilan qiziqqan.

Ishbilarmon bunga javoban “hayot abadiy emasligi” va “agar sen taqdirdan biror narsa olgan bo’lsang, buni baham ko’rishing lozim”ligini ma’lum qilgan.

Usmonov uning hayot yo’lida ko’p insonlar yordam berganini ta’kidladi, shuning uchun aksiyalari o’z oilasi va top-menejerlariga bermoqchi.

Uning so’zlariga qaraganda, boyligining 50 foizini yaqinlariga, qolgan 50 foizini esa bunga loyiq bo’lgan xodimlariga berish istagida. Milliarder kapitaldagi hissaga bugun uning kompaniyalarida asosiy vazifalarni egallab turganlar da’vogarlik qilishlari mumkinligini ta’kidlagan.

Sputniknews-uz.com