XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

G’OZ HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Biologiya nuqtai nazaridan qaraganda, g’ozlar o’rdakning yaqin qarindoshlari bo’lishadi.

2. G’oz juftni o’zi uchun bir umrga tanlaydi. Agar juftlikning biri o’lim topsa, ikkinchisi bir umr yolg’iz o’tadi.

3. Urg’ochisi tuxum qo’ygach, g’ozning erkagi tuxumlarni sabr bilan qo’riqlaydi.

4. Ko’plab asrlar davomida g’ozning patlari ruchka o’rnida keng qo’llanilgan.

5. G’ozlar o’rtacha 25-30 yil umr ko’radi.

6. G’ozlar bir-biri bilan tillashish uchun o’nlab turli-tuman tovushlardan foydalanishadi.

7. Yovvoyi g’ozlar parvoz paytida uchburchak hosil qiladi. Bu havoni kesib, orqada uchayotganlarga yengillik yaratadi.

8. Xonadonlashtirilgan g’ozlar allaqachon ortiqcha vazn tufayli olisga parvoz qilish xususiyatini yo’qotib bo’lgan.

9. Inini bolalari uchun isitish niyatida urg’ochi g’oz joni og’rishiga qaramay, o’z patlari va yungini yulib to’shaydi.

10. Jajji g’ozchalar tuxumdan chiqqach, ikkinchi kundanoq bemalol suvda suza olishadi.

11. G’oz patlari qalin moy bilan qoplangan. Shuning uchun undan namlik umuman o’tmaydi.

12. Yovvoyi g’ozlar 7-8 kilometr balandlikda ucha oladi.

13. G’ozning erkagi inini boshqa mahluqlardan qattiq turib himoya qiladi. Buning uchun hatto o’limdan ham qaytmaydi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…