KUN KULGISI… (Muhiddin qiziq bisotidan)

KUN KULGISI… (Muhiddin qiziq bisotidan)

 

 

* * *

 

Qo’qondagi jinnixonada bir jinni kamalak ko’tarib ketayotganmish. Bosh vrach ko’rib qolib so’rabdi:

— Qayga ketyapsan?

— Urushga.

— O’qing yo’q-ku!

— Dushman tomondan kep qolar.

— Kelmasa-chi?

— Ie, kelmasa, urush bo’lmaydi-ku!

 

* * *

 

Ikki erkak jinnixona ro’parasida mushtlashayotsa, jinnilar derazadan qarab baqirayotganmish:

— Ur! Jag’ini sindir! Och biqiniga tep!..

Erkaklar mushtlashishdan to’xtab, bir-biriga debdi:

— E, anavi jinnilarni qara, bizni masxara qilyapti! Shularga kulgi bo’lmaylik mushtlashib!..

Shundan keyin erkaklardan biri yo’lning u chetiga, ikkinchisi bu chetiga turvolib, bir-biriga baqira ketibdi:

— Vey, men seni odam deb yursam, g’irt ho’tik ekansan-ku-a?!.

— Men bo’lsam, seni odam deb yursam, g’irt eshak ekansan!

Shunda jinnilar ularning qichqirig’ini eshitib baravar baqirayotganmish:

— Iya-ya, anavilar ota-bolaykan!

 

* * *

 

Jinnixonaga sartarosh kelibdi. Shunda bir jinni boshqasiga debdi:

— Kel, sening boshingga mix qoqib qo’yaman! Anavi sartarosh sochingni olaman deganda, mashinkasi mixga tegib buzilib qoladi, rosa kulamiz!

— Bo’pti.

Jinni kattakon mixni uning boshiga qo’yib endi bolg’a bilan uraman deb tursa, jinni baqiribdi:

— Vey, jinni, bolg’angni mixga uraman deb boshimga urvolmagin tag’in!

O. HAYIT tayyorladi

 

 

 

KUN KULGISI… (Muhiddin qiziq bisotidan)KUN KULGISI… (Muhiddin qiziq bisotidan)KUN KULGISI… (Muhiddin qiziq bisotidan)

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *