YaNGI YIL HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Yangi yilda archa yasatish an’anasi XVII asr boshiga to’g’ri keladi. O’shanda Fransiyada archani atirgul, gulqog’oz, olma, pechenye, qand bilan bezatishgan.
2. 1 yanvar kuni Yangi yilni nishonlash 1700 yili Rossiya imperatori Petr I farmoniga asosan an’anaga aylangan. Bunga qadar qadimiy Rusda yangi yil 1 sentyabrda nishonlab kelingan.
3. Qadimiy Rimda yangi yil bayrami mart oyida nishonlangan. Ayni shu oyda dala ishlari ham jonlana boshlagan. Eramizdan avvalgi 46- yili Rim imperatori Yuliy Sezar Yangi yil bayramini 1 yanvarga ko’chirish haqida farmon bergan.
4. Eskimoslar yangi yilni yerga birinchi qor tushgan kuni bayram qilishadi.
5. Kubada Yangi yilda uydagi barcha idishlar suvga to’latiladi. Yangi yil kechasi ularni erinmasdan ko’chalarga sepib chiqishadi. Shunday qilinsa, barcha gunohlar yuvilib ketadi, yangi yilni gunohlardan xoli tarzda boshlaymiz deb hisoblashadi. Bu mamlakatda yangi yil Qirollar Kuni deb nomlangan.
6. Gretsiyada uy egasi yangi yil kechasida qo’liga anorni olib uyining devoriga kuch bilan uradi. Ular turli tarafga sochilib ketgan anor donalari omad keltiradi deb o’ylashadi.
7. Italiyada esa yangi yil kechasi eski kiyim, buyum, jihoz bormi, hammasini ko’chaga uloqtirishadi. Italyanlar ko’chaga qancha ko’p eski buyum tashlab yuborilsa, yangi yil shuncha ko’p boylik olib keladi deb hisoblaydi.
8. Efiopiyada yangi yilni har yili 11 sentyabr kuni bayram qilishadi.
9. 1843 yili Londonda ilk bor yangi yil otkrыtkasi chop etilgan. Shundan beri odamlar har yangi yilda bir-birlariga otkrыtka sovg’a qilishga odatlanishgan.
10. Rus xalq ertaklarida Qorboboni turlicha nomlar bilan atashadi. Ular «Moroz Ivanovich», «Moroz Krasnыy nos», «Zimnik», «Ded Treskun» kabilardir.
11. Vyetnamda yangi yilni «Tet» deb atashadi.
12. O’rta asrlarda yevropaliklar yangi yil archasini oyog’ini osmondan qilib shiftga mahkamlashgan.
13. Mikroneziyada har yangi yilda odamlar o’ziga yangi ism beradi va bu haqda faqat oilasidagilarga ma’lum qiladi. Aytishlaricha, har yili o’ylab topilgan yangi ism yovuz ruhlarni yo’ldan adashtirarkan.
14. Qadimiy Vavilonda yangi yil bahor fasliga to’g’ri kelgan. O’sha kuni shoh ayyonlari bilan shaharni tark etgan. Odamlar esa emin-erkin ko’chalarga chiqib bayram qilishgan.
15. Germaniyada Qorbobo sovg’ani deraza tokchasiga tashlab ketadi. Shvetsiyada esa pechkaning ichida qoldiradi.
Olimjon HAYIT tayyorladi