YaNGI YIL HANGOMALARIGA KEP QOLING!!!

 

 

* * *

 

EVREYLAR QORBOBOSI:

— BOLAJONLAR! SOVG’ALAR SOTIB OLINGLA-AR!!!

 

* * *

 

Erkak do’stidan so’radi:

— Yangi yilni qanday qarshi olding?

— Xuddi sovg’a kabi.

— Buni qanday tushunish kerak?

— Bayram boshlangandan to tugaguncha archaning ostida yotib uxladim.

 

* * *

 

Erkak do’stiga dedi:

— Mening xotinim va Yangi yil bir-biriga juda o’xshaydi.

— Qanaqasiga? Qanday qilib odam bilan yangi yil bir-biriga o’xshashi mumkin?

— Uni kutyapsanmi-yo’qmi, ikkoviniyam qiziqtirmaydi. Fursat yetdi deguncha bezrayib kirib kelaverishadi.

 

* * *

 

Bolakay otasidan so’radi:

— Dada, dunyoda eng sekin yuradigan mashina qaysi?

— Bilmayman. O’zing ayt-chi!

— Uch yil oldin siz yangi yil bayramida menga sovg’a qilishga va’da bergan mashina.

 

* * *

 

— Do’stlar, kelinglar, bironta yangi yil usiz o’tmaydigan odamni chaqiramiz!

— Militsiya! Militsiya!

 

* * *

 

Er xotini bilan janjallashaverish joniga tegib dedi:

— Bo’pti, har holda bugun Yangi yil bayrami! Sen aytgancha bo’la qolsin!

— Yo’q, bo’lmaydi! Men fikrimni o’zgartirdim!

 

* * *

 

Kampir 5 yashar nevara qizidan so’radi:

— Qizalog’im, sen Yangi yil bayramida Qorbobodan qanaqa sovg’a olishni istarding?

— Homiladorlikdan saqlaydigan dori.

— Vay, qizim, sen u dorini nima qilasan?

— Buvijon, o’zingiz o’ylang! To’rtta qo’g’irchog’im bo’lsa, beshinchisini boshimga uramanmi?

 

* * *

 

Yangi yil kuni erta tongda uch erkak avtobus bekatida turibdi. Biri tufli, plaщ, shlyapada. Ikkinchisi etik va qishki palto kiygan. Uchinchisi qalin po’stin, oyoqlariga kigizli etik kiyib olgan. Birinchisi turgan yerida tipirchilagancha dedi:

— Sovuqni qarang-a! -40 daraja bor-ov!

Ikkinchisi javob berdi:

— Ja unchalikmasdir? Juda borsa -20. Undan ortiq emas.

Qalin po’stinli, kigiz etikli erkak suhbatga qo’shildi.

— Bu nima deganingiz? Vahimangiz bir dunyo-ya! Nari borsa -5 daraja, undan ortiqmas!

 

* * *

 

Erkak do’stiga dedi:

— Men yaqinda ichkilik va sigaretning zarari haqida o’qib qoldim. Nasib bo’lsa, Yangi yildan boshlab tashlamoqchiman.

— Nimani tashlamoqchisan? Ichishnimi, chekishnimi?

— Jinnimisan? O’qishni.

 

* * *

 

Erkak bir o’zi yolg’iz yangi yil kutmoqda. Qafasdagi to’tisi dedi:

— Xo’jayin, mengayam ellik gramm quying, iltimos!

— Jinnimisan? Hozir quysam, ertaga ertalab bosh og’riq so’raysan! Quymayman!

— O’lay agar, bosh og’riq so’ramayman. Agar so’rasam, mayli, qanotlarimni kesib tashlang!

— So’zingda turasan-a?

— Erkak so’zim.

Erkak ellik gramm ichkilik quyib to’tiga uzatdi. Ertasi kuni erta tongda bosh og’riq qilayotsa, to’ti qafasning u boshidan bu boshiga borib kelyapti. Erkak tomonga qaragisi kelyapti-yu, qaray olmayapti. Oxiri chidolmadi va bor ovozda baqirdi:

— Xo’jayin, ochig’i… Men qanotni nima qilaman? Baribir qafasda o’tiraman-ku-u-u!!!

 

* * *

 

Er xotinidan so’radi:

— Jonim, Yangi yilda nima sovg’a qilay?

— Voy, dadasi… Qarang-a, o’ylab ham ko’rmabman-a!..

— Bo’pti, o’ylab ko’rishing uchun senga yana bir yil muhlat beraman.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

YaNGI YIL HANGOMALARIGA KEP QOLING!!!YaNGI YIL HANGOMALARIGA KEP QOLING!!!YaNGI YIL HANGOMALARIGA KEP QOLING!!!