XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

EChKI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Echki bundan taxminan 9000 yil oldin Yaqin Sharqda uy jonivori sifatida boqila boshlagan.

2. Echkining qonigina olmosdek mustahkam va metin toshni erita oladi. Bu qimmatbaho toshni hatto olov, temir ham erita olmas ekan.

3. Ko’p asrlardan beri echkining angor, yungdor va kashmir zotlari yungidan matolar tayyorlanadi.

4. Echki suti tarkibida oqsil va yog’ ko’pchilikni tashkil etadi. Ko’plab mamlakatlarda echki sutidan sariyog’, pishloq, muzqaymoq tayyorlanadi. Ispaniyada esa echki asosiy sut manbai hisoblanadi.

5. Marokashda o’t-o’lan yetishmasligi tufayli echkilar baland daraxtlar ustiga chiqib ularning yaproqlari bilan bemalol qorin to’ydirishadi.

6. Armanistonda arxeologlar eramizdan avvalgi V asr oxiri, IV asr boshlarida o’lim topgan echki mo’miyosini topishgan.

7. Dunyoda shunday echki zoti borki, ularni miotonik echkilar deb atashadi. Bu echki turi nimadandir qattiq qo’rqsa yoki hayratlansa, oyoq-qo’llari ishlamay qoladi va yerga yonboshi bilan yiqilib, taxminan 10 soniya shu taxlit yotadi. Keyin yana o’rnidan turib yo’lida davom etadi.

8. 1995 yili Amerikada zotdor echkilardan biri 5300 dollarga sotilgan. Hozirgi kunda zotdor echki turi bolalari bu mamlakatda 200 dan 1000 dollargacha turadi.

9. Har yili Tobago orolidagi Trinidad hamda Tobago davlatlarida echki poygalari tashkil etiladi. Bu sport turi 1925 yili o’ylab topilgan bo’lib, asosan sayyohlarni ko’proq jalb etish maqsadlariga yo’naltirilgan.

10. Skandinaviyada qadimdan echkining bo’yniga sarimsoq piyoz donasi osib qo’yiladi. Ularning aytishicha, shu sarimsoq echkilarni yovuz ruhlar hujumidan asrarkan.

11. Rossiya va yana bir qator davlatlarda echkiga alohida yodgorliklar o’rnatilgan. Hatto, echki muzeylari ham mavjud. Ular Tver va Uryupinskda joylashgan.

12. Norvegiya va Germaniyada ilgarilari qishloq xo’jalik mahsuloti yetishtiruvchilar Echki ruhiga sig’ingan. Bug’doyni sepib bo’lgach, ular Echki ruhiga iltijo qilib mo’l hosil so’rashgan.

13. Kelnda futbol matchlari boshlanishidan oldin darvozalarga echki boylab qo’yishadi.

14. «Malыsh» laqabli echki bo’yniga nemis ordenlari osilgan holda Minsk nemis fashist bosqinchilaridan ozod etilgan kuni partizanlarning oldingi safida bo’lgan.

15. «Xennes» laqabli echki «Kyoln» futbol klubining tumori hisoblanadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…